Ijtimoiy pedagogika


Talabalar uchun ko‘rsatmalar


Download 440.66 Kb.
bet78/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Talabalar uchun ko‘rsatmalar:

  1. Keys bayoni bilan tanishib chiqing.

2.“O‘smirlik yoshida deviasiyaning yuzaga kelishi shart - sharoitlari” mavzusining mohiyatini yorituvchi ta’riflar, ularning mazmuniga alohida e’tibor qiling.
3.Pedagogik jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyatingiz misolida ham tahlil qilib ko‘ring.
4.Tahlil natijalariga ko‘ra “deviasiya” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajrating.
5.Yechimni bayon eting.
6.Yechimni juftlikda, kichik guruhlar va jamoada muhokama qiling.


Keysni yechish jarayoni:

  1. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada keys bayoni bilan tanishib chiqadi.

  2. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada “didaktika” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflar mazmuniga e’tiborni qaratadi.

  3. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada ta’lim jarayonida aynan qanday holatlar sodir bo‘lishini o‘z faoliyati misolida tahlil qilib ko‘radi.

  4. Talaba individual holda, juftlikda, kichik guruhda yoki jamoada tahlil natijalariga ko‘ra “deviasiya”, “deviant hatti - harakat” tushunchasining mohiyatini yorituvchi ta’riflarni ajratadi.

  5. Talaba yechimni bayon eting.

  6. Yechim individual holda, juftlikda, kichik guruhlar yoki jamoada muhokama qilinadi.



O‘qituvchining yechimi
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator omillar mavjud. Jumladan: 1) Biologik omillar – bunda bola organizmida uning ijtimoiy adaptasiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini topadi. Ularga irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi kabilar kiradi; 2) Psixologik omillar – bunda bolada psixopatalogiya yoki xarakterning akpentuasiyasining borligi kiradi; 3) Ijtimoiy – pedagogik omillar – bunda maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘plashi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning erta ijtimoiylashuvdan og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi; 4) Ijtimoiy – iqtisodiy omillar – bunda ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘al sinflarga ajralishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishiidan iborat; 5) Axloqiy omillar – bunda bir tomondan, zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida va qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, jamiyatda deviant xulq – atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qaralishida o‘z aksini topadi.


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling