1-mavzu bo‘yicha rezyume (xulosalar)
Ijtimoiy pedagogika - tadqiqot obyekti bo‘lib bola, o‘rganish mavzusi bo‘lib esa bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlari hisoblangan pedagogika fani sohasidir.
Ijtimoiy pedagogika - bolalarning ijtimoiy tarbiyasi va ijtimoiy ta’limi qonuniyatlarini ularning ijtimoiylashuvi jarayonida o‘rganadigan pedagogika fani sohasidir.
Bola ijtimoiylashuvi – uni ijtimoiy hayotga tortish jarayonidir. U mazkur jamiyatga xos bo‘lgan bilim, qadriyatlar, o‘zini tutish namunalari tizimii o‘zlashtirishda mujassamlashgan.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi – uni ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga faol moslashuvi jarayoni, bolaning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’siri turi.
Bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi - ijtimoiy muhit shart-sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashishga qarshilik qiladigan undagi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning yo‘qolib ketishi yoki shakllanmasligi jarayoni.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston tarakkiyetining poydevori. T.1997y.
2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T.1997.
3.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.1998 y.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 y.
5. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |