Ijtimoiy pidagogik texnologiya tuzulishi va mazmuni haqida reja: i-bob ijtimoiy pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati


Download 176.1 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi176.1 Kb.
#1633318
1   2   3   4
Bog'liq
ijtimoiy pedagogik texnologiyalarn

ijtimoiy texnologiyalar turlari


  1. Qo’llanishi sohasi


  1. Ob’ektlar


  1. Hal qilinayotgan vazifalar xarakteri




  1. Metodlarni o’zlashtirish sohasi




  1. ijtimoiy ish yo’nalishlari




Global
Universal
Mintaqaviy
Guruh
Jamoa
Individual
Tashkiliy
Informatsion
Innovatsion
ijtimoiy modellashtirish
ijtimoiy bashorat berish
Sitsial-tibbiy
Ijtimoiypsixologik
ijtimoiy pedagogik
ijtimoiy pedagogik profilaktika
ijtimoiy pedagogik qo’llab-quvvatlash
ijtimoiy rivojlanishi vaziyatini ijtimoiy pedagogik to’g’irlash
Bolalikni ijtimoiy himoyasi
Bolalar va o’smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi
ijtimoiy tashhiz qo’yish
Ijtimoiyprofilaktika
Ijtimoiynazorat
Ijtimoiyreabilitatsiya
Ijtimoiyadaptatsiya
Ijtimoiypatronaj
Ijtimoiyta’minot
Ijtimoiyterapiya
Ijtimoiymaslahat berish



ijtimoiy pedagogik texnologiyasini qo’llashning misoli sifatida muammoni o’smir bilan ishlash texnologiyasini keltirsak bo’ladi.



Maslahatga tayyorgarlik

Aloqa o’rnatish

Vaziyatni o’rganish

Maqsad qo’yish

Hal qilishni izlash

Xulosa

Professional pozitsiyani ishlab chiqish, ichki diolog-konsultatsiyaga ko’ndirish, o’smirlar bilan ishlayotgan psixologlar talablarini tahlil qilish

Ishonchli munosabat, qo’llab-quvvatlash, in’iko, sinonim savollar, rezyume (umumlashtirilgan savol), mavzuni o’zgartirish, o’zgaruvchan savollar, mijoz hissiyotlarini tushunish, mijoz va psixolog xis-tuyg’ularining verballashuvi, holatlar tavsifi. Metafora

Nima? Qiyinchiliklar va ularning sabablarini tahlil qilish. Qanday?
a) tahlilning informatsion-kognitiv parametrlari
b) motivatsion parametrlari
v) operatsion (malaka, qobiliyatlar)
g) emotsional energetik (his-tuyg’u, temperament)
d) xarakter va xulq-atvor jihatlari

Sen nimaga erishmoqchisan? Sen nimani olmoqchisan? Bu senga nima uchun kerak?
Sen o’zingni kelajakda qanday his qilishni xohlaysan? kabi savollarni berish. Maqsadni shakllantirish: reallik, jalb etishlik, aniqlik, tekshirish

Axborot berish, onologiya metodi, mantiqiy asoslash. Aniq istak. Parodoksal instruksiya. Emotsional zararlanish. Relaksatsiya. Vaziyat tahlili. Ichki muzokaralar. SHaxsiy tarix trans formatsiyasi. Ijtimoiy muammolar. Maqsadga intilish. Rolli ijro. Ijobiy kayfiyat.

Savol: bizda qanday o’zgarishlar bo’ldi? Mijoz tomonidan natijalar sarhisobi, o’zgarishlarni parametrlari ga qarab tahlil qilish inson nimaga erishmoqchi, u qanday munosabatda bo’ladi (keskinlik darajasining o’zgarishi, energiya paydo bo’lishi). U nima biladi? (tasavvur, fikr, o’zgarishi)

Keng tarqalgan va effektiv ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening hisoblanadi.


ijtimoiy pedagogik trening-jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Bu tashkillashtirilgan muloqatning maxsus turi bo’lib, uning davomida shaxs rivojlanishishi, kommunikativ malakalar paydo bo’lishi, psixologik yordam ko’rsatish masalalari hal qilinadi.
Mashg’ulotlar davomida o’smirlarda ichki qurilmalar almashuvi sodir bo’ladi, bilimlar kengayadi, o’ziga va atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg’ulotlari paytida har bir o’smirga g’amxo’rlik ko’rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. SHuning uchun turli muomala stillarini sinab ko’rishi, odamlararo ishonishni o’rganishi, avval unga xos bo’lmagan kammunikativ malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga qodir. Bu mashg’ulotlar jamiyatda yanada faol hayotga tayyorlaydi. ijtimoiy pedagogik trening guruhining vazifasi har bir ishtirokchiga o’zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun o’z-o’zini anglab olishi lozim.
SHaxs o’z-o’zini tarbiyalashni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:

  1. o’z “men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqali qabul qilish, ya’ni inson boshqalar chetdan kuzatish qulayligi uchun bundan foydalanadi. Bu esa o’zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslashga ajoyib imkoniyat yaratadi.

  2. O’zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabat asosida ishlatish. Bu atrofdoshlarning so’zlari, xis-tuyg’ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali o’ziga bo’lgan munosabatini bilib olishga yordam beradi.

  3. O’zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O’z-o’zini baholashning bu usuli o’z imkoniyatlari haqidagi fikrni mustahkamlaydi.

  4. O’zini tashqi qiyofa bahosi orqali qabul qilish.

SHaxsning rivojlanishiga imkon yaratuvchi trening maqsadlari:
a) ishtirokchilarning ijtimoiy masuliyatini oshirish, ularning boshqalar bilan faol munosabatga kirishish qobiliyatini o’stirish.
b) o’smirlarning faol ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish va o’z hayotlarida o’zgarish sodir eta olish qobiliyatinirivojlantirish.
v) psixologik madaniy darajasini ko’tarish.
Treningning asosiy tamoyillari:

  1. Ishtirokchilarning o’zaro hurmati va ishonchiga asoslangan to’laqonli shaxslararo muomala.

  2. Doimiy qayta aloqa, ya’ni ishtirokchi boshqa ishtirokchilar xatti-harakatlariga baho beruvchi ma’lumotlarni olishi.

  3. O’z-o’ziga tashhiz qo’yish .

  4. Rivojlanishning optimallashuvi.

  5. Aqliy va emotsional sohalarning uyg’unlashuvi.

  6. Trening va uning alohida mashg’ulotlarida ixtiyoriy qatnashish.

  7. Guruh dinamikasiga yordam beruvchi guruhning doimiy tarkibi.

  8. YAkkalik.

  9. Mikroguruhlarda ishlash imkonini beruvchi erkin hudud.

Texnologiyalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatiga joriy qilish mablag’ni iqtisod qilish ijtimoiy pedagogik faoliyatni ilmiy asosda tashkil qilishni ta’minlaydi, ijtimoiypedagog oldida turgan vazifalarni hal qilishning effektivligiga yordam beradi. Ijtimoiypedagog texnologiyalar ijtimoiypedagogning keng ko’lamdagi vazifalari-tashhiz qo’yish, ijtimoiy profilaktika, ijtimoiy adaptatsiya va ijtimoiy reabilitatsiyani yechishga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta‘lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
· Pedagogik texnologiyaning farqli xussiyatlari va afzalliklari quyidagilardan iborat:
· o‘quv jarayonning qayta takrorlanish imkoniyati;
· uzluksiz teskari aloqani ta’minlash, o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish o‘rgatuvchi sikllarning mavjudligi;
· o‘qitish natijalarini rejalashtirish va unga erishishni kafolatlaydi.
Ma‘lumotlilik asosida yotuvchi bosh g‘oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, qanoatli, o‘zgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini ko‘zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qay darajada ta‘limni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq.
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – “texos” (techne) – san‘at, hunar va “logos” (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma‘nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob‘ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta‘sir etishh natijasida mahsulot yaratishh borasidagi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Anna shu ta‘rifni tadqiqot mavzusiga ko‘chirish mumkin, ya‘ni: PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta‘sir ko‘rsatish va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishining kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta‘rifdan ko‘rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlahsda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta‘riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik adabiyotlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil ko‘rinishhlarini uchratish mumkin: “o‘qitish texnologiyasi”, “O‘quv jarayoni texnologiyasi” va hokazo.
PT o‘qitish jarayonining o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etishh shartlarini aniqlashtirish, mavjud imkoniyatlarni hisobga logan holda belgilangan maqsadga erishishni ta‘minlaydi. Yoxud PT o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig‘indisidir. Texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, smaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Ob‘ektiv borliqni o‘rganishhning tizimli yondasis metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach, uning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tusuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o‘qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qaras lozimligini uqtiradi: ” O‘qitish texnologiyasi – bu o‘quv jarayonini nima real tavsiflasa o‘sa, o‘qituvchiga o‘rnatilagan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanishh zarur bo‘lsa. Bu alohida fan.
PTni fan sifatida e‘tirof etishh G.K.Selevko tomonidan ham ma‘qullandi: “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta‘limda o‘llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham real o‘qitish jarayoni sifatida mavjuddir”.
Yuqorida keltirilga ta‘riflardan ko‘rinib turibdiki, PT belgilangan boslang‘ich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaliligi ko‘zga taslanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchiliklarni birinchi bo‘lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o‘zining yirik asarida “PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirishh jarayonining loyihasidir” deb ta‘rifladi.
II. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirisga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullastirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.

Download 176.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling