Ijtimoiy psixalogiyaning shakillanishi va rivojlanish Tayyorladi: Abduqaxxorova Dilshoda
Download 88.53 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi
Rus olimasi G.M.Andreeva ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o`z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo`lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun-qoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham G.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o`rinda uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi. Nima bo`lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo`lib ajralib chiqishiga sabab bo`lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qo`shimcha alohida fanning bo`lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko`zga tashlandi. Demak, bu fanning tug`ilishi, o`z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo`lgan sotsiologiya va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir".
Download 88.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling