Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?


Download 287.63 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi287.63 Kb.
#1255782
  1   2   3
Bog'liq
Bitcoin haqida


Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?
Butun dunyo valyutaning yangi avlodi – Internetda keng tarqalib ulgurgan va narxi tezlik bilan oshib borayotgan bitcoin haqida gapirmoqda. Bugungi maqolamizda bitcoinlar qanday paydo bo’lgan va hozirda ularning holati haqida gaplashamiz. Internet orqali bitcoin haqida rus tili va o’zbek tilida juda ko’p ma’lumotlar topishingiz mumkin, lekin biz uni eng sodda tilda tushuntirishga bel bog’ladik. O’ylaymiz-ki, maqolamiz orqali Siz bitcoin haqida ko’p narsa bilib olasiz.

Bitcoin ishlab topish, qaysi bitcoin hamyondan foydalanish, bitcoinni qayerdan sotib olish yoki sotish mumkin va shunga o’xshash savollarga javobni tez kunlarda telegram kanalimizda olasiz. Telegram kanalga obuna bo’lish
Bitcoin haqida – kriptovalyutaning dunyoga kelishi
Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to’lashiga to’g’ri kela boshladi. Pulni qo’ldan qo’lga berishni esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun o’rtakashlarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kuryerga murojaat etish kerak.
Har qanday o’rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun soliq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul qancha ko’p bo’lsa, soliqlardagi yo’qotish ham shunchalik ko’p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o’ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koefitsienti) 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin?
Takliflar juda ko’p edi, lekin hammasi rad etildi, ahir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, moshenniklardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?
Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to’lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To’lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo’ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin.
Bir bitcoin-hamyon xisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar barchaga ochiq xolda, bir hamyondan yoki boshqa adresdan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko’rsatishni taklif etishdi. Ya’ni, Siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek barcha hamyonlar anonimdirlar (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun Sizni tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.
Xisob-kitoblarni muntazam amalga oshirib borishi kerakligi tufayli, bitcoinga, ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun kuchli kompyuterlar kerak. Bunday kuchni olish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, kerakli quvvatni olish mumkin. Bu kompyuterlar foydalanuvchilar kompyuterlari. Ulardan biri Siz bo’lishingiz ham mumkin, albatta o’zingiz rozi bo’lsangiz. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli “Mayning” deya nom olgan, u haqida keyinroq gaplashamiz.


Download 287.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling