Mantiqiy masala 7ta a nuqtadan nechta kesma hosil qilish mumkin?


Download 95.29 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi95.29 Kb.
#1627919
Bog'liq
mantiqiy masala mart





Mantiqiy masala

  1. 7ta A nuqtadan nechta kesma hosil qilish mumkin?

A)21 B) 19 C)14 D)28
2. 0,2,3,7 va 8 raqamlaridan nechta 3 xonali son tuzish mumkin?
A) 101 B) 100 C)99 D)102
3. Davlatjon, Ozodbek, Muhammadaziz va Muhammadumar bir vaqtda ko`rishib qolishdi. So`rashishlar soni nechta?
A)8 B)16 C)12 D) 6
4. Ziyobek “Interhouse”ga borish uchun Malibuga chiqdi va kech qolayotganini aytdi. Uning 15 daqiqa vaqti qolgan edi. Agar masofa 40 km bo`lsa, mashinaning tezligi toping?
A)100 km/s B)140 km/s C)160 km/s D)120km/s

*

*

*




*

*

*

*
5. Nuqtalarni tutashtirib eng ko`pi bilan nechta uchburchak hosil qilish mumkin?

A) 25 B) 30


C) 40 D)35
6. Raqamlarni takrorlamasdan nechta ikki xonali kod tuzish mumkin?
A) 90 B) 80 C) 70 D) 100
7. “Cambridge” universitetida matematika, ingliz tili, informatika va tarix fanlaridan dars beriladi. Qabul imtixoni uchun 2 ta fan tanlab olinsa, necha xil imtihon olish mumkin?
A) 6xil B) 12xil C) 9xil D) 16xil
8. Ozodbek Farg`onadan Susanbil oroliga borishi uchun mashinada 60 km/soat tezlik bilan 4 soat, metroda 80 km/soat tezlik bilan 2 soat va qayiqda 16 km/soat bilan yana 2 soat yurdi. Ozodbekning o`rtacha tezligi toping.
A) 48 km/soat B) 50km/soat C) 60 km/soat D) 54 km/soat
9. Prezident maktabiga 4 ta yo`l olib boradi. Farzona necha xil usulda maktabga borishi va kelishi mumkin?
A)32 B)28 C)16 D) 8
10. Muhammadumar IELTS, SAT, GMAT va DTM imtihonlaridan 2 tasini topshirmoqchi. Yuqoridagi 4 ta imtihondan 2 tasini nechta usulda tanlashi mumkin?
A)6 B)4 C) 12 D)8
11. 6 nafar o`quvchidan 2 tasini xalqaro matematika olimpiadasida qatnashish uchun tanlab olishmoqchi. Buni nechta usulda amalga oshirish mumkin?
A)36 B)30 C)15 D) 12
12. Elektron “Rolex” soati 00:01 dan 23:59 gacha necha marta chapdan o`ngga va o`ngdan chapga o`qiganda bir xil bo`lgan vaqtni ko`rsatadi?
A)10 marta B) 15 marta C) 12 marta D) 20 marta
13. Avtobusda 23ta odam bor edi. Agar avtobus 1-chi bekatda 7ta odam tushurib va 2-chi bekatda 9ta olgan bo’lsa, avtobusda nechta yo’lovchi bor?
A) 24 B) 25 C) 26 D) 23
14. Hamma raqamlari har xil 3 xonali sonlarning eng kattasi bilan eng kichigining yig’indisini toping?
A) 1809 B)1908 C)1098 D)1089
15. Hamma raqamlari har xil 4 xonali sonlarning eng kattasi bilan eng kichigining ayirmasini toping?
A) 8583 B)583 C)8853 D)885
16. 10 ga bo’lganda to’liqsiz bo’linma qoldiqqa teng bo’ladigan barcha natural sonlar nechta?
A) 19 B)9 C)8 D)18
17. Ot va eshakka bu’gdoy yuklashdi. Yo’lda ot eshakka qarab dedi: “Agar sendagi yukning bir qopini menga yuklashganda edi, men sendan 2marta ko’p bug’doy ko’targan bo’lar dedi”. Bunga javoban eshak: “Agar sendagi yukning 1 qopini menga yuklashganda edi, har ikkimiz ham bir xil yuk ko’targan bo’lardik”. Ot va eshakning har biriga nechta qopdan bug’doy yuklangan?
A)7 va 5 B)8 va 6 C)9 va 7 D)10 va 8
18. To’rt xonali sonning birinchi raqami 5 ga teng. Agar bu raqamni sonning oxiriga qo’ysak, oldingi sondan 747 ga kam son hosil bo’ladi. Berilgan sonning raqamlari yig’indisini toping.
A) 16 B)17 C)19 D)18
19. “Inter house” hovlisida 12 ta qiz va 11 o’g’il bola o’ynamoqda. Yana qancha o’quvchi ularga qo’shilsa, o’quvchilar 7 ta teng jamoaga bo’linishi mumkin?
A) 5 B)8 C)10 D)9
20. 2001 ta butun musbat sonning ko’paytmasi 105 ga, yig’indisi 2021 ga teng. Bu sonlarning eng kattasi nimaga teng?
A) 18 B)15 C)10 D)16
21. Agar 2001 ta musbat butun sonlarning yi’g’indisi 2001 ga teng bo’lsa, ularning ko’paytmasi nimaga teng?
A) 5 B)3 C)1 D)2
22. “Interhouse” kitobi 333 sahifali. Uning sahifalarini raqamlash uchun nechta raqam ishlatilgan? (Sahifalash 3 raqamidan boshlangan).
A) 809 B)198 C)988 D)889
23. Mohinur ustoz, o’qiyotgan kitobingizning qaysi betlariga keldingiz? – so’radi Ilhomjon ustoz. Chap va o’ng betlarini ko’rsatuvchi sonlar ko’paytmasi 552 teng. Ilhomjon ustoz o’zingiz hisoblab ola qoling, - deb javob berdi Mohinur ustoz. Bu betlarni toping.
A) 23 va 24 B)22 va 23 C)25 va 26 D)21 va 22
24. Prezident maktabiga 1-bosqich kirish imtixoni iyul oyining 5-sanasida o’tkazilib va bugun 2-aprel bo’lsa, Imtixonga necha kun qoldi?
A) 93 B)94 C)95 D)96


1-a
2-b
3-d
4-c
5-b
6-a
7-a
8-d
9-c
10-a
11-c
12-b

13-a
14-d


15-c
16-b
17-a
18-d
19-a
20-b
21-c
22-d
23-a
24-b

Murojat uchun: +998 900 400 333

Download 95.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling