Ijtimoiy psixalogiyaning shakillanishi va rivojlanish Tayyorladi: Abduqaxxorova Dilshoda


Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi


Download 88.53 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi88.53 Kb.
#1153570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi

Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi.

  • 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo`ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo`nalish sifatida shakllanishiga o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu bo`ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.

O`zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o`rni va istiqbollari.

  • Hozirgi kunda uning predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin: ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g`oyalar, his-tuyg`ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Chunki ko`p vaqt davomida ijtimoiy psixologiya fanining predmeti borasida tortishuvlar kechgandir. Sababi - ijtimoiy psixologiya fani ikki turdagi qonuniyatlar — ijtimoiy taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun bo`lsa kerak ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi va u o`rganadigan sohalar borasida turlicha qarashlar va tortishuvlar mavjudligini kuzatamiz. Masalan, taniqli nemis olimlari G.Gibsh va M.Forverglar bu fanning predmetiga quyidagicha ta’rif beradilar: "Odamlar uyushmasi kooperatsiyalar — ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning asosidir, uning ob’ekti esa ijtimoiy o`zaro ta’sirdir". Demak har qanday odamlar uyushmasida sodir bo`ladigan o`zaro ta’sir jarayonlari, ularni uyushishga majbur qiladigan shart-sharoitlar hamda motivlar ijtimoiy psixologiya o`rganishi kerak bo`lgan sohalardir. Rus sotsiologlari G.P.Predvechniy va Yu.A.Sherkovinlarning "Sotsial psixologiya" kitobida esa uning predmeti"... ob’ektiv borliqning va unda ro`y beradigan hodisalarning psixika tomonidan o`ziga xos tarzda in’ikos etilishidir", — deb hisoblaniladi. Bu mualliflar ijtimoiy psixologiyaning barcha o`rganish ob’ektlarini sharhlar ekanlar, ko`prok sotsiologik yondashish bilan muammolarni yechishga harakat qilganlar.

Download 88.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling