Ijtimoiy psixalogiyaning shakillanishi va rivojlanish Tayyorladi: Abduqaxxorova Dilshoda
Download 88.53 Kb.
|
Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi
Oila—ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida To`rtinchidan, oila—ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida. Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o`zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o`rganiladi. Ajratilgan vazifalardan yana biri shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o`zi bilan bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o`zgarishlarni qanday idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir. Boshqaruv psixologiyasi, sanoat va ishlab chiqarish psixologiyasi ham shunday guruhiy jarayonlarning qonun va qoidalarini tadqiq etish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy sohalardir. Ijtimoiy psixologiya o`rganadigan eng asosiy va yuqorida ta’kidlab o`tilgan muammolarni o`z ichiga olgan masalalardan biri - 6u muomaladir. Psixolog olimlarnnng fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida o`tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy ob’ekti ham muomaladir. Uning inson hayotida tutgan o`rnini aniqlash turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala turlari va uslublarini yoritish, uning sof psixologik mexanizmlarini tadqiq etish, fanning eng muhim tadbiqiy yo`nalishlaridandir. Shuning uchun ham har bir konkret sharoitda shaxslararo muloqot samaradorligini oshirish omillarini o`rganish hozirgi ijtimoiy psixologiyadagi muhim muammolardandir.
Download 88.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling