Ijtimoiy psixologiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti Reja


O‘zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o‘rni va istiqbollari


Download 112 Kb.
bet4/7
Sana14.10.2023
Hajmi112 Kb.
#1703403
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI

O‘zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o‘rni va istiqbollari
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Ayniqsa bu borada psixolog olimlar M.G.Davletshin, V.M.Karimova, G‘.B.Shoumarov, E.G‘oziev, N.A.Sog‘inov, B.M.Umarov kabilarning bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy maqolalarini keltirish mumkin. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kelganligini kuzatamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. Bu borada bir qator psixologlardan V.Karimova, G‘.Shoumarov boshchiligidagi ilmiy ishlarni keltirish mumkin. Masalan, G.B.Shoumarov boshchiligidagi olimlar tomonidan oilaning ijtimoiy-psixologik vazifalari, oiladagi shaxslararo munosabatlar, oila negizida yuzaga keladigan hissiy munosabatlar, oila qurish motivlari, oilaning bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillari kabi bir qator jihatlari o‘rganildi.
V.Karimova va uning boshchiligidagi ilmiy ishlarida yoshlardagi oila xususidagi tasavvurlar, ularning oila motivlari, oila qurish omillariga munosabatlari, oila turiga ko‘ra noto‘liq oila muhitidagi shaxs individual-psixologik xususiyatlari, o‘z-o‘zini baholashi, oila muhitida shaxsda namoyon bo‘ladigan feminin va maskulin sifatlar nuqtai nazaridan yondashishlari taxlil etib berilgandir.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N.Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila kurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir.
Lekin O‘zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilmog‘i lozim. Ya’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z yechimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.



Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling