Ijtimoiy psixologiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti Reja
Ikkinchi metodologik muammo
Download 112 Kb.
|
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi muammo
Ikkinchi metodologik muammo — bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqikot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin shu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq - puxta nazariyaning bor-yo‘qligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ijtimoiy psixologiyada gipotezalar tuzish va ular asosida kerakli umumiy xulosa chiqarish ishini bilish kerakdir.
Uchinchi muammo — bu ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. O‘rganish ob’ektining hajmi yoki soni xususida shuni aytish mumkinki, ko‘pincha tekshiriluvchi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ma’lumot shunchalik ishonchli bo‘ladi, degan noto‘g‘ri fikr mavjud. Agar gipotezalar to‘g‘ri ilgari surilgan bo‘lsa, u kichikroq guruhda o‘tkazgan eksperimentlarining ma’lumotiga ham ishonishi mumkin. Lekin tadqiqot uslubini — metodlarini to‘g‘ri tanlashda pilotaj — sinov tadqiqoti o‘tkazishning ahamiyati kattadir. Bunda o‘sha gipotezalarning qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini ham, tekshiriluvchilar ob’ektining to‘g‘ri tanlanganligini ham, ma’lumotlarning turg‘unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. Bundan tashqari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa o‘tkazish uchun qulay vaziyat va vaqtni belgilash, o‘z yordamchilarining ishga qanchalik yaroqliklarini ham sinab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va u o‘tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi. xulosa: Bu mavzu yakunida talaba ijtimoiy psixologiya fani rivojlanishida va fan sifatida shakllanishida butun jahon, Rossiya, sobiq ittifoq, O‘zbekiston miqyosida o‘tkazilgan va o‘tkazilayotgan ilmiy yo‘nalish va tadqiqotlarning mohiyati bilan, ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘la oladilar. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling