Ijtimoiy psixologiya fanining shakllanishi va taraqqiyoti Reja
Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot usullari
Download 112 Kb.
|
IJTIMOIY PSIXOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI
Ijtimoiy psixologiyaning metodologik muammolari va tadqiqot usullari
Ijtimoiy psixologiya to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, shuni alohida ta’kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo‘yayotgan talablari o‘ziga xos bo‘lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha ijtimoiy psixologiyada kuzatilgan xodisa shu bo‘ldiki, bu fandagi nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko‘pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning metodologiyasi muamolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, — deb yozadi u, — ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir. “Metodologiya" tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan, amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladngan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarni tushunadilar. Lekin “metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan ham kengroq tushunchadir. Ya’ni, “metodologiya" tushunchasi “konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni qay turdagi ma’lumotlarni ijtimoiy psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qilinadigan xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarni tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Shuning uchun eksperimental va korrelyatsion tadqiqotlar bor. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling