Sotsial psixologiya metodologiyasi va metodlari


Download 195.05 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi195.05 Kb.
#1446348
  1   2   3
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA METODOLOGIYASI VA Mexrangiz3

. SOTSIAL PSIXOLOGIYA METODOLOGIYASI VA METODLARI

201-guruh talabasi Rahimjonova Mexrangiz

REJA

  • 1.Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi
  • 2.Sotsial psixologiyning asosiy metodlari. Kuzatish metodi
  • 3.Hujjatlarni o`rganish metodi
  • 4.Anketa metodi
  • 5.Sotsial psixologik testlar
  • 6.Sotsial psixologik eksperiment
  • 7.Proyektiv metodlar

Sotsial psixologik tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi

  • , G.M.Andreyeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to‘xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
  • «Metodologiya» tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin «metodologiya» tushunchasi aslida uslublar yig‘indisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, «metodologiya» tushunchasi «konkret metodlar» yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir

Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi:


Birinchidan, empirik ma’lumotlar muammosi, ya’ni ko‘p turdagi ma’lumotlarni sotsial psixologik ma’lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma’lumotlar sifatida ko‘z bilan ko‘rib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo‘lgan belgilarini tushunadilar
Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma’lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muammo bo‘yicha pishiq, puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘pincha fan sohasiga endigina qadam qo‘ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali o‘tkazilmaydi.

Download 195.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling