Ijtimoiy psixologiya
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ijtimoiy-psixologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘z-o‘zini cheklash mexanizmi
- Ijtimoiylashtiruvchi maskanlar va oilaning ijtimoiylashuvdagi o‘rni
Bostirish mexanizmi.
U ning m azm uni muayyan g‘oya, fikr, xohish-istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bostirish m exanizm i tarbiyaning keng tarqalgan usulidir. Ajratish mexanizmi. Bu ijtimoiylashuv m exanizm i sifatida in son o ‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. U odatda nizolarni hal qilish kuzatiladi. 0 ‘z-o‘zini cheklash mexanizmi — agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stinikiga nisbatan aham iyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurm ati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu esa uning o‘z «Men»ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldi da ojiz qolishi demakdir. Loyihalash mexanizmining o‘z kam chiliklarini boshqalarga te- gishli deb hisoblash tashkil qiladi. Ijtimoiylashuvning yana bir asosiy m exanizm laridan biri identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida shaxs xayolan o ‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Ijtimoiy, jinsiy rollarni, qadriyatlarni, an ’analarni o‘zlashtiradi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, fikr yuritadi. Shunday qilib, shaxsning jam iyatga muvaffaqiyatli ijtimoiy- lashuvida ijtimoiy agentlar, ijtimoiylashuv m exanizm larining ta ’siri m uhim o‘rin tutadi. Ijtimoiylashtiruvchi maskanlar va oilaning ijtimoiylashuvdagi o‘rni H ar qanday shaxs ijtimoiy m uhitda yashar ekan o‘sha ijtimoiy m uhit uning ijtimoiylashuviga ta ’sir ko‘rsatadi va maskan vazifasi- ni bajaruvchi bir qancha muassasalarga ega bo‘ladi. Shaxs ijtimoi ylashuviga ta ’sir o ‘tkazuvchi atrof-m uhitni birlam chi va ikkilam - chi ijtimoiylashuv maskanlariga ajratish m um kin. Oila m uhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlam chi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, fan tilida aytilganda ijtimoiylashuv m askani hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbek m uhitida m ahalla va ta ’lim -tarbiya m uas- sasalari ham birlamchi ijtimoiylashuv m askani sifatida qaralishi m um kin. Ijtimoiylashuvning ikkilam chi m askanlariga esa m eh- nat jam oalari, OAV, turli xil jam oatchilik tashkilotlari, din kabi- larni kiritish m um kin. Shuningdek, m ehribonlik uylari, maxsus internatlar, harbiy bilim yurtlarida nisbatan uzoq vaqt mobaynida bolalarning tarbiyalanishini, o‘sha yerning m e’yorlari, qadriyat- lari va talablari ta ’sirida uning dunyoqarashi shakllanishini, o‘sha yerdagi ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hisobga olinsa, bu maskan- lar ham ijtimoiylashuv m askanlari sifatida tan olinishi maqsadga muvofiqdir. Oila — bu m askanning aham iyatini anglash uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o ‘zi kifoya. Ya’ni har qanday bola o ‘z oilasida o‘zlashtirgan tajriba- laridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik o ‘z far- zandlariga ham o‘rgatadi. H ar qanday jam iyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog‘lom oila muhitiga bog‘liqdir. Sog‘lom oila muhitida sog‘lom avlod- lar tarbiyalanadi va kamol topadi. M a’lumki, dunyoga kelgan go‘dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Aynan shu maskan quchog‘ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy m e’yorlar va qadriyatlarni o ‘zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a ’zolarining o‘zaro m unosabatlaridan doimo ibrat oladi. Shular zam inida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini o ‘rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda bo‘lishining usul va shakllarini o‘rganib boradi. Aynan oila bag‘rida bola boshlang‘ich ijtimoiylashuvni oladi. Oila a’zolarining munosabatlari misolida u boshqalar bilan muloqot qilishga o‘rganadi, xulq-atvori va munosabatlar shakllarini tushunib boradi va bu tushunchalari uning o‘smirlik va balog‘at yillarida ham saqlanib qoladi. Ota-onaning farzandini noto‘g‘ri xatti-harakatiga nisbatan reaksiyasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va un- dan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlari- ga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va aham iyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jum ladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tom onlam a yetuk, barka- mol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega b o lad i. Ya’ni, oila va uning soglom m a’naviy m uhiti bolani ja miyatda yashashga, o‘ziga o ‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, ham korlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli b o lish , m uom alada axloq-odob m e’yorlariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jih at dan tayyorlaydi. Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijti- moiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday m e’yortiv va axborot ta ’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, ja- miyatdagi qonuniy m e’yorlar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va m ustahkam b o isa, uning m e’yortiv ta ’siri ham shunchalik sam arali bo lad i. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari Jam iy atn in g qadriyatlari, qonun-qoidalar va m e’yorlar hurm at qilinadi, bola boshidan jam iyatda yashashga o‘rgatilgan boladi. Uning aham iyati shundaki, farzand m aktab- gacha tarbiya muassasasida ham , keyinchalik m aktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni m as’uliyat bilan vijdonan bajaradigan b o lib , bola lar jam iyatida ham isha o £zining o ‘rniga ega b o la oladi. Bunday farzandga turli bid’atlar, bem aza chaqiriqlar, d a’vatlar ta ’sir et- maydi, mustaqil fikrli, pok vijdonli inson b o lib yetishadi. C hun ki, oila bu kichik jam iyat, jam iyatning kichiklashgan andozasi, oila m ustahkam b o isa, jam iyat ham m ustahkam b o lish in i o ‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, m ustaqillik yillarida oila bizning Vatanim izda qadrlanib, nikoh muqaddas rishta sifatida e ’zozlanib kelinmoqda. Ko‘plab olim lar va oila m asalalari bo£yicha mutaxassislarni xavotirga solgan jihat shuki, zamonaviy oila o£zining bola shax- sini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to liq ado etmayapti. A.Antonovning ta ’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turm ush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tar- biyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. Bundan tashqari, G ‘arb mam lakatlarida o‘tkazilgan tadqiqot- larda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi-chiqdining bemalol am al ga oshirilishi, rasman FH D Y b o lim larin i nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrim lardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga niho- yatda salbiy ta ’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzand- lari bir tom ondan um um an oila institutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega boiib, voyaga yetsalar, ikkinchi tom ondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, agressivlik kabi salbiy si- fatlar shakllanmoqda. Demak, jam iyatda o‘z davriga munosib, soglom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishning m uhim omili bu rasmiy nikohda b o ig an er-xotinlar oilasining baham jihatlikda yashashlaridir. Shaxs ijtimoiylashuvi m uam m osining m illiy asoslari o ‘zbek psixologi, professor V. Karimova tom onidan juda chuqur tahlil etilgan b o iib , unga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota-ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikm alarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charxlovchi insonlardir. Oilaviy m unosabatlar bolani nafaqat shaxs sifatida o ‘zligini anglash, balki o‘zini u yoki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takom illashtirishga ham yordam bera di. Bizning kuzatishlarim iz shuni isbotlaydiki, oilaning to liq b o lish i, ya’ni, ota-onaning o'zaro tinch-totuv yashashi, ular orasida m e’yorl insoniy m unosabatlar va soglom m a’naviy m uhitning mavjudligi bolaning nafaqat jism oniy jih atd an salo- m atligini, balki m a’naviy va ruhiy jih atd an ham barkamol b o iib shakllanishiga zam in yaratadi. Bola uchun oilada ham ota, ham onaning b o lish i zarurati shu bilan izohlanadiki, m asalan, qiz bola onasi va uning oilada o ‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda q an day ona b o lish in i tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga b o ig a n m unosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi b o ‘lishi lozim ligini anglab boradi. Xuddi shunday, o ‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutim i va otasiga m unosaba- tin i idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turm ush qurish m um kinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi b o lis h i lozim ligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birga- likda turm ush o‘rtog‘iga qanday m unosabatda bo‘lish lozimligi to ‘g‘risida bilim va tasavvurlarini o rttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat b o ‘lib, shaxsning oiladagi shaxsiy va jinsiy sotsiali- zatsiyasining yetakchi tam oyili hisoblanadi. Shu bois ham b o laning tom m a’noda yaxshi tarbiya olib, jam iyatda va oilaviy m unosabatlarda munosib mavqega ega bo ‘lishi uchun oila m uhi- ti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘am xo‘r, m ehrli va sadoqatli b o ‘lishlari o ‘ta m uhim dir. H ar bir shaxs oilaning jam iyatdagi o‘rni va funksiyalarini, qadr-qim m atini anglam asdan, V atanning ostonadan boshlanishi- ni tushunm asdan turib, Vatan tuyg‘usini tom m a’noda his qila olmaydi. Bu ish asosan har bir o ‘zbek oilasidagi tarbiya a n ’analari va ularni takom illashtirish, m illiy qadriyatlarni turm ush tarzining ajralmas boiagiga aylantirish, m uloqot m adaniyatining sharqona ko‘rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg'unlashtirish, m eh- nat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turm ush kechirishining m uhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish m um kin. Bundan tashqari, shaxsning barkamolligi har bir shaxs ongida oilaning muqaddasligi, Vatanning aslida oiladan boshlanishi, shu bois uni sevish va nikohni m uqaddas bilish zarurligini, oilaning jam iyat hayotida tutgan o‘rni va funksiyalarini tushuntirish orqali ro‘y berishi inobatga olinadi. D em ak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘- lishida m uhim aham iyat kasb etgan pedagogik m uhitdir. Shu bois ham olim lar oilaning eng m uhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar. Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq m uno- sabatlarning yo‘qligi, tashqi tom ondan nomiga oila qurganliklari, m a’nan esa bir-birlariga nisbatan begonaday bo'lib qolganliklari bois bu yerda o ‘zaro munosabatlar ham isha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday m unosabatlar nafaqat ularning o ‘ziga, balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzand- larga faqat salbiy ta ’sir etadi, yoshlarning ijtimoiylashuv jarayo- niga to ‘g‘anoq bo‘lishi ham m um kin. «Ko‘cha bolalari», «tarbiyasi og‘ir bolalar», voyaga yetmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘sm irlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy m uhitning qurbonlari hisoblanadi. Kasbni puxta egallash va fidokorona m ehnat qilish uchun ilm qanchalik zarur bo‘lsa, fozil farzandlar tarbiyalash va ularni in- sonlarga nafi tegadigan darajada yetuk qilib tarbiyalash uchun ham ilm -bilim shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun bu fikr- larning naqadar to ‘g‘riligi va ayniqsa, ayol kishi uchun savodlilik va ilm ning zarurati to ‘g‘risida o‘z vaqtida o ‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Abdibek Sheroziy shun day yozgan edi: «11m — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo‘l qo‘yadi». Bobolar va momolar o‘zbek oilasida shaxsni tarbiyalashda b e vosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan ham ko‘ra bobo-buvilarning tarbiyaviy ta ’siri kuchliroq bo‘ladi. M asalan, A m ir Temur shahzodalarning tarbiyasi bilan ularning onalari emas, ulug‘ bibilari-buvilari shug'ullanishini lozim topgan. Shunga ko‘ra, Saroy-Mulk xonim Shohruh M irzoni, suyukli na- biralari M uham m ad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek M irzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan. Shuning uchun ham yurtim izda oila ham isha davlat himoya- sida va oliy qadriyat sifatida e ’zozlanadi. Oila ijtimoiylashuvning asosiy va m uhim o ‘chog‘i bo‘lgani uchun ham uning shu m uhitda tarbiyalanayotgan yoshlar e’tiqodi va dunyoqarashidagi roli sezi- larli, hukum at bola tarbiyasida ota-onalar m as’uliyatini oshirish uchun har yili xayrli tadbirlar ishlab chiqm oqda. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling