Tayanch tushunchalar:
Ijtimoiylashuv — bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat bodgan jarayon.
Ijtimoiy malakalarni o‘zlashtirish — jamiyatning insonga ta’sir etishi, ijtimoiy tajribani qabul qilish va o‘zlashtirish.
Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi ya- shayotgan muhitni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.
Identifikatsiya — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me’yorla- rini o‘zida qayta tiklashi (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o’zlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyo- qarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Nazorat savollari:
Ijtimoiylashuv tushunchasini izohlang.
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi necha yo‘nalishda olib bori- ladi?
Ijtimoiylashuv mexanizmlari deganda nimalarni tushu- nasiz?
Bolaning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida oila institutining ahamiyatini izohlang.
Ijtimoiylashuv jarayonining sohalari va bosqichlarini aytib bering.
Mustaqil ish mavzulari:
Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirish haqi- dagi konsepsiyasining mohiyati.
Shaxs ijtimoiylashuvida televideniening roli.
Shaxsning ijtimoiylashuvida mahallaning o‘ziga xosligi.
Din — shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi omil si- fatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |