Ijtimoiy psixologiya


Download 356.57 Kb.
bet33/77
Sana19.03.2023
Hajmi356.57 Kb.
#1283880
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
Ijtimoiy-psixologiya

0‘z-o‘zini anglash sohasi. Ijtimoiylashuvning yana bir sohasi o‘z-o‘zini anglash sohasidir. Umumiy qilib aytganda, ijtimoiy­lashuv jarayoni odamdagi «Men» obrazining shakllanganligidan dalolat beradi (I.S.Kon, 1978). Ko‘p tadqiqotlarda, qayd etili- shicha, shaxsdagi «Men» obrazi birdaniga shakllanmaydi, balki uning shakllanishi butun hayot davomida ko‘p sonli ijtimoiy ta’sirlar ostida kechadi.

0‘z «Men»ini.ng mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloq paytidanoq boshlanadigan va uzoq davom etadigan jarayondir, shuning natijasida individ shaxs sifatida shakllanib, ijtimoiylashib boradi.
Ijtimoiylashuv sohalaridan biri bo‘lmish — o‘z-o‘zini anglash so- hasi, ya’ni «Men» obrazi yil sayin o'zgarib boruvchi jarayon bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qi­lish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglaydi, sohigra o‘z- o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadi.
A.V. Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik munosabatlar shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida yosh davrlarini inobatga olgan holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirishda ahamiyatga ega bo‘lgan 3 asosiy makrofazani ajratib ko‘rsatadi:

  1. Bolalik davri.

  2. 0‘smirlik davri.

  3. Yoshlik (o‘spirinlik) davri.

Bolalik davri — individning adaptatsiyalashuv jarayoni amalga oshadi, bunda, ma’lum me’yorlarni egallash bilan jamiyatga ijti­moiylashuv, ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi (masalan: 2 yoshli bolaga choynakdagi choyning issiqligini o‘rgatish).
0‘smirlik davri — individualizatsiya, ya’ni inson o‘z ehtiyojla- rini, shaxsiy turmushi (hayoti)dagi talablarini anglashi bilan ifo- dalanadi (masalan: mehrga nisbatan ehtiyojning kuchayishi va bu ehtiyojning yetarlicha qondirilmasligi).
Yoshlik (o‘spirinlik) davri — jamiyatga qo‘shilish (integratsiya) jarayoni bo‘lib, bu jarayonda shaxsda muayyan xislatlar va xususi- yatlar vujudga keladi, shu bilan birga, bu davrdagi shaxsiy va gu- ruhiy ijtimoiylashuv jarayoniga zarurat va ehtiyoj ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.
Inson o‘zgaruvchan ijtimoiy atrof-muhitda yashaydi, shun- dan kelib chiqib uning zimmasiga faoliyat va munosabatlarning yangi ko‘rinishlari qo‘shilaveradi, yangi ijtimoiy rollarni bajarib borishga majbur bo‘la.di. Demak, individ o‘z hayoti davomida yangi ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirib boradi, bir vaqtning o‘zida dunyoqarashidan kelib chiqqan holda unda boshqacha ijtimoiy munosabatlar ham yuzaga keladi.

Download 356.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling