Ijtimoiy psixologiya
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy-psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi nuqtayi nazar
- Ijtimoiy o‘zaro almashuv. Bu
Birinchi nuqtayi nazar biologik nuqtayi nazar bo‘lib, bu naza- riya Altruizmni biologik ehtiyoj sifatida qaraydi va uni inson- ga tug‘ma holda beriluvchi instinktiv xulq-atvor deb baholaydi. Ularning fikricha, hatto hayvonot olamida ham bir tur vakil- lari orasida bir-biri uchun qayg‘urish va bir-biriga yordam berish holatlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari hali manfaat ni- maligini unchalik tushunib yetmagan yosh bolalarda ham altruistik harakatlarni kuzatish mumkin-ki, bu holatlar Altruizmning tug‘ma ehtiyoj ekanligini tasdiqlaydi.
Ikkinchi nuqtayi nazar sotsiologik (Ijtimoiy) nazariyadir. Bu nazariya vakillari yuqoridagi nazariya vakillarining fikriga bu- tunlay qarshi chiqadi. Ularning fikrida ham jon bor, albatta. Ularning fikri quyidagicha: agar ota-onalar yosh bolalar bilan munosabatda va muloqotda tez-tez altruizmni namoyon etsalar, bunday holatda bolalar ham ularga taqlid qilib, shunday harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Shuni kuzatish mumkinki, ota-onalardagi altruizm ko‘pincha ularning bolalarida ham altruizmni namoyon qilishlariga sabab boHadi. Masalan, bolaning oyisi konfetidan bittasini ukasiga be- rishni o'rgatsa yoki 2 tadan bittasini dadasiga deb olib qo‘ysa, bunday bola bog‘chadagi o‘rtog‘iga ham konfetining yarmini beradi. Aksincha, ota-onalaridagi altruistik harakatlarning kuzatilmasligi ko'pincha ularning bolalarida ham bunday xulqning kuzatilmasli- gini tasdiqlagan. Ushbu nazariyalar asosida yana bir qancha naza- riyalar yaratilganki, ularni quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin: Sotsiologik yo‘nalishdagi nazariya altruizmning asosida nima yotishiga qarab ikki asosiy guruhga bo‘lina.di: Manfaatni ko‘zlab amalga oshiriladigan altruistik harakat- lar. Manfaatni ko‘zlamasdan amalga oshiriladigan altruistik harakatlar. 0‘ZAR0 IJTI- MOIY AL- MASHINISH NIQOBLAN- GAN EGOIZM EMPATIYA IJTIM01Y NORMARV Birinchi nazariya tarafdorlarining flkriga ko‘ra, har qanday altruistik xulqning asosida ochiq yoki yashirin, ongli yoki ongsiz holatda bo‘lsin, qandaydir foyda yoki manfaat ko‘zlanadi. Ikkinchi nazariya tarafdorlari esa altruistik xulqning asosida hech qanday manfaat yoki foyda yotmaydi, degan fikrni ilgari suradilar. Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlari altruistik xulqni tushunti- rishda quyidagi variantlarni taklif etadilar. • Ijtimoiy o‘zaro almashuv. Bu yo‘ nalish tarafdoriarining fikri- ga ko‘ra jamiyatda har qanday shaxslararo munosabatlfr zamini- da o‘zaro manfaatdorlik yotadiki, shunga ko‘ra Altruizm — bu mehr-muhabbat, hurmat, g‘amxo‘rlik, oqibat kabi psixologik hissiyotlarni o‘zaro almashishdir. Ya’ini altruistik harakat qila- yotganda kishi buning evaziga o'ziga albatta shunday munosabat qaytishini kutadi. Odatda, bunda «kamroq berib» «ko‘proq olish- ga» mo‘ljallab altruistik harakat qilinadi. Masalan, ourtog‘i uchun qayg‘urayotgan (kechikayotgan o‘rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb oqlayotgan) talaba, o'rtoqlaridan o‘ziga nisbatan xuddi shunday munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilmasa, undan xafa ham bodadi. Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling