Ijtimoiy psixologiya
Download 356.57 Kb.
|
Ijtimoiy-psixologiya
Etologik yondashuv. Nobel mukofoti laureati mashhur etolog
K. Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan biri bo‘lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o‘xshash ekanligini namoyish qilgan. K. Lorens ta’limotiga ko‘ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo'lgan hayot uchun kurash tug‘ma instinktidan kelib chiqqan. U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qilgan bo‘lib, uning uchta muhim vazifasini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur va- killarini dunyo bo‘ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yu- boradi, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi yaxshilanishini ta’minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvat- li individuumlargina o‘zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur vakillarigina o‘zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta’minlay oladi. Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig‘ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir palla- da, K. Lorens bu muammo yuzasidan aniq bir to‘xtamga kelib bo‘lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan yo‘g‘rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda ay- lanib yuradi, borgan savin to‘planib boraveradi. Demak, agressiv energiyaning hajmi qancha ko‘p boisa, uning tashqariga «otilib chiqishi» uchun shunchalik kam kuchga ega boigan stimul (ba- hona) kerak boiadi. K. Lorens nazariyasining qiziqarli jihati shundaki, u o‘z naza- riyasida inson boshqa jonzotlardan farqli oiaroq o‘z turiga man- sublarga qarshi zulm o‘tkazishi holatlarining keng tarqalganli- gini ta'kidlab ko‘rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga yashash uchun kurash instinktidan tashqari o‘zining barcha xohish-istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat ularning oijalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yet- kazmaslik xohishlari bilan o‘zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat. tomonidan boshqa jonzotlarni oidirish uchun barcha zarur ash- yolar (epchillik, uzun tirnoq va o‘tkir tishlar) bilan ta’minlangan yirtqich sher va yo‘ibarslar o‘z turi vakillariga tajovuz qilishning oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nis- batan ancha zaif boigan insonlarning o‘z tug‘ma ehtiyojlarini ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. lnsoniyat tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o‘z qabiladoshlariga qarshi agressivlik ko‘rsata turib, tish va mushtlarini ishga sol- ganlar va bu hoi u qadar qo‘rqinchli tuyulmagan, chunki ularning bir-biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori emas edi. lnsoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg‘unlashishi natijasida inson ommaviy qirg‘in qurollarini yaratdi, uning o‘z xohish-istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonning tur sifatida yo‘qolib ketish xavfini vujudga keltirdi. K. Lorens tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida boigan buyuklarning butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi — aynan inson zo‘ravonligi agressiyaning oldini oluvchi tug'ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qila- yotganligi sifatida tushuntiradi. K. Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutulib boimaydi deb hisoblasa-da, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mum- kin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli dara- jagacha yetishining oldini olish va bu orqali zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan. Download 356.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling