A. Banduraning agressiyani ijtimoiy o‘rganish nazariyasi
Biologik omil (nerv sistemasi, garmon)
O‘rganish (bevosita tajriba, kuzatuv)
|
agressiyaning yuzaga kelishi
|
Shablonlar ta’sirida (hayajon, e’tibor)
Qabul qilib boimas murojaat bilan (do‘q urish, frustratsiya)
Qiziqtiruvchi motivlar bilan (pul, zavq- lanish)
Yo‘riqnomalar bilan (buyruq)
Ekssentrik ishontiruvchilar bilan (para- noidal ishontiruvchilar)
|
agressiyani provokatsiya qilish
|
Tashqi rag‘batlantirish va jazo berish bilan (moddiy rag‘batlantirish, yoqimsiz oqi- batlar)
Vikar mustahkamlash bilan (boshqalar- ni rag‘batlantirilayoganini yoki jazolayot- ganini kuzatish)
O‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi bilan (g‘urur, ayb)
|
agressiyani boshqarish
|
Shu sababdan bunda katta e’tibor o‘qitishga, ijtimoiylashuv- ning birlamchi vositalari boigan ota-onalarning bolalarni agres- siv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli boiib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-onalardan agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan (masalan, talabaning do‘sti tomonidan «yasha, boplading», deb) quvvatlanishi bunday harakatlarning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, natijali agressiya, ya’ni agressiv harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan muvaffaqiyat qozonish ham agressiv harakat- larning qaytarilishida alohida ma’no kasb etadi.
Hozirgi paytda ijtimoiy o‘rganish nazariyasi agressivlikning oldini olish mumkin deb hisoblovchi eng effektiv metod bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |