Ijtimoiy psixologiya va uning dolzarb muammollari. Reja


Download 67 Kb.
bet2/9
Sana06.10.2023
Hajmi67 Kb.
#1693417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza

MASHG‘ULOTNING MAQSADI: Ijtimoiy psixologiya fanining vujudga kelishi,
predmeti, vazifasi, metodlarini o‘rganish
KIRISH:
Jamiyat - bu insonlar majmuidir. Uning taraqqiyoti va ma’naviy salohiyati ko‘p jixatdan
ana shu insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlarning tabiatiga, ular amalga
oshiradigan murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Har bir inson
jamiyatda yashar ekan, u unda o‘ziga xos o‘rin va mustaqil mavqe egallashga intiladi, shuning
uchun u o‘ziga xos intilish, layoqat va faollik namunalarini namoyish etadi. Insonlar o‘rtasidaga
o‘zaro munosabatlarni hamda har bir shaxsning jamiyatdagn o‘rni va uning turlicha ijtimoiy
munosabatlari tabiatini o‘rganuvchi qator ijtimoiy fanlar mavjud bo‘lib, ularning orasida
ijtimoiy psixologiya alohida o‘rin zgallaydi.
Ijtimoiy psixologiya juda qadimiy va shuning bilan birga u o‘ta navqiron fandir. Uning
qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma’naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi.
Ular aslini olib qaraganda, u yoki bu jamiyatda yashagan kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy
munosabatlarning va tafakkurning xosilasi ekanligi bilan e’tirof etilsa, u - o‘z uslubiyoti,
predmeti va fanlar tizimida tutgan o‘rnining yangiligi insoniyat taraqqiyotining eng yangi
davrida shakllanganligi va rivojiga turtki berganligi bilan tavsiflanadi. Darhaqiqat, ijtimoiy
psixologiyaning fan sifatida tan olinishi xususida so‘z borar ekan, uning rasman e’tirof etilishi
1908 yil deyiladi. Chunki aynan shu yili ingliz olimi V. Makdugall o‘zining "Ijtimoiy
psixologiyaga kirish" kitobini, amerikalik sotsiolog E.Ross esa "Ijtimoiy psixologiya", deb
nomlangan kitobini chop ettirgan edi. Bu asarlarda birinchi marta alohida fan - ijtimoiy
psixologiyaning mavjudligi tan olindi va uning predmetiga ta’rif berildi. Ikkala muallif ham -
biri psixolog, ikkinchisi sotsiolog bo‘lishiga qaramay, bu fanning asosiy predmeti ijtimoiy
taraqqiyot hamda psixik taraqqiyot qonuniyatlarini uyg‘unlikda o‘rganishdir, degan umumiy
xulosaga kelishgan.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling