Ijtimoiy psixologiya va uning dolzarb muammollari. Reja
Download 67 Kb.
|
1-ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai
ASOSIY QISM:
1.1. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi Rus olimasi G.M.Andreeaa ta’kidlaganidek, ijtimoiy psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxassisning aslida kim ekanligi - psixologmi, faylasufmi yoki sotsiologmi - uning ushbu fan predmetiga yondashuvida o‘z aksini topadi, chunki agar u sotsiolog bo‘lsa, ijtimoiy qonuniyatlarni avval boshdan jamiyatdagi an’analar va umumiy qoidalar tilida tushuntirishga intilsa, psixolog - konkret olingan shaxe psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonunqoidalariga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning uchun ham G.Andreyeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, bu o‘rinda uch xil yondashish: sotsiologik, psixologik, ham sotsiologik va psixologik mavjud ekanligini asoslaydi. Nima bo‘lganda ham, shuni asosli tarzda e’tirof etish zarurki, ijtimoiy psixologiyaning alohida fan bo‘lib ajralib chiqishiga sabab bo‘lgan ilmiy manbalar ikki fan - psixologiya va sotsiologiya fanlarining erishgan yutuqlari va har qaysisining doirasida ma’lum muammolarning yechilishi uchun yana qo‘shimcha alohida fanning bo‘lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Shuning uchun ham uzoq yillar mobaynida ijtimoiy psixologiya sohasida tadqiqotlar olib borayotgan shaxsning kimligiga qarab, izlanishlarning natijalarida u yoki bu yondashuv - psixologik yoki sotsiologik yondashuvning ustuvorligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Demak, bu fanning tug‘ilishi, o‘z predmeti sohasini aniqlab olishiga sabab bo‘lgan sotsiologiya va psixologiya fanlaridir va bu fanlar aslida uning "ota-onalaridir". 1.2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai 19 asrning oxiri va 20 asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo‘ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan narsa shu bo‘ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling