Ijtimoiy psixologiyada guruhlar tushunchasi


Download 18.01 Kb.
bet2/3
Sana16.09.2023
Hajmi18.01 Kb.
#1679310
1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy-tadbiqiy psixologiya

xususiyatlari farqlanishi natijasida guruhlarda ish olib borishning ilmiy asoslangan strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish imkonini beradi. Shartli guruh sifatidagi o’spirinlar shaxsiyati rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini bilgan holda pedagog maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiyaviy ishni sobitqadamlik bilan va samarali tarzda olib boradi.
Kichik guruhlar - hamisha bog’langan umumiylik bo’lib, unga kiruvchi shaxslarning o’zaro birgalikdagi real harakati va ular o’rtasidagi real o’zaro munosabatlar bilan bog’langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo’lishi, ya`ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o’rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar social jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko’rsatishi bilan bog’langandir.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig natijasidir.
Shaxslararo tanlash. Yahshi o’quvchi bo’lish mumkin va lekin o’rtoqlariga yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo’lishi va lekin ko’pchilik uchun aziz bo’lib qolishi ham mumkin. Hush ko’rish - hissiyotga ko’ra afzal ko’rish - guruhdagi
tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib etishda g’oyat muhim omildir.
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko’rishlarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko’rishlarni qayd qilishi tehnikasini taklif etdi. Buni u sociometriya deb atadi. Sociometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a`zolarida namoyon bo’ladigan afzal ko’rishning, bu farqlik hush ko’rmaslikning mikdoriy me`yorini aniqlash mumkin. Sociometriya guruh a`zolarining bir-birlarini hush ko’rishi yoki hush ko’rmasligini aniqlashda keng ko’llaniladi. Guruh a`zolarining o’zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o’zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sociometriya metodi juda ham tezkor bo’lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
Sociometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo’lishni hohlarding?» degan to’g’ridan-to’g’ri savol turadi. O’qishlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning hohlagan jabhasiga tatbiqan qo’yilishi mumkin: sen kim bilan birga bitta partada o’tirishni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni, ishlashni hohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo`nalishi - birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog’lik qilish sohasidagi yo’nalishlari tavsiya qilinadi. Bu o’rinda tanlashning maqbulligi darajasiga aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo’lishi ham mumkin. Tanlashlarni tanlash matricasiga tushirish chog’ida yanada tahlil etish o’zaro hush ko’rish va hush ko’rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini, sociometrik «yo’lduzlar», «bahs boylash»larning mavjudligini va bu qarama-qarshi tomonlar o’rtasidagi oraliq bo’g’inlarning butun ierarhiyasini ko’rsatib be^adi. Sociometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha yo`q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlari manzarasi etarli darajada aniq-ravshan ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo`li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to’g’ri kelgan bo’lardi.
Har qanday guruhni uning a`zolarining o’zaro birgalikdagi harakati jarayonida hosil bo’ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish mumkin.
Guruhga sociometrik jihatdan yondashilgan tavdirda hayrihohlik va yoqtirmaslik shaxslararo munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili bo’lishni, munosabat bog’lashni, ishlashni, dam olishni, vaqtichog’lik qilishni hohlagani uchun tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini alohida ajratib ko’rsatishiga, guruhni o’zi uchun eng muhim belgilar bo’yicha tabaqalashtirgan holda ko’pchilik orasidan tanlab olishga yagona asos sifatida qaramaslipgkerak.
Kishining o’z guruhi o’zini qurshab turgan voqeilikda mo’ljal olish manbai sifatida munosabatda bo’lishi uning eng muhim
Download 18.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling