Ijtimoiy psixologiyada guruhlar tushunchasi
Download 18.01 Kb.
|
Ijtimoiy-tadbiqiy psixologiya
xususiyatlaridan biridir. Bu tendenciya mehnat taqsimotining qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir kishining va uning o’zi qo’shgan hissasiga beriladigan bahodan, o’z shaxsining umumiy fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir. Bularning hammasi shaxslararo munosabatlar umumiy ish vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan chiqqan mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo’ladigan jamoaga ko’proq hos bo’ladi. Individ guruh a`zolari bilan birgalikda o’zaro faol harakat qila borgan va uning oldiga qo’yilgan konkret vazifalarni hal qila borgan holda o’zining qimmatli niyatlariga ega bo’ladi.
Ularning o’zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real amalga oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o’ziga hos nazorat olib borishni taqozo etadi. Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo’ljal olishi nuqtai nazari va bahosi uning uchun juda ham muhim bo’lgan kishilar doirasini alohida ajratib olishga majbur qiladi. Bunday odamlar o’ziga hos prizma bo’lib xizmat qiladiki, shu tufayli o’zi uchun ahamiyatga molik ob`ektlarni, maqsadlarni, vazifalarni va boshqa odamlar faoliyatining usullarini ko’rishga va baholashga - social percepciya amallarini bajarishga intiladi. Bular uning uchun bamisoli o’zini ko’ra boshlaydigan ko’zguga aylanadi. Aftidan, bularning hammasi shaxslararo munosabatlarda afzal ko’rish va tanlashning sociometrik tadqiqotda uchramaydigan muayyan principlarini taqozo etishi kerak. Har qanday guruh to’zilishiga ko’ra guruh a`zolari nufo’zi va statusining o’ziga hos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori qismidan referentometrik va sociometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o’rin oladi, eng orqada esa noreferent va sociometrik jihatdan surib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarhiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi. Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a`zolari uchun o’zlarining manfaatlariga dahldor bo’lgan hamda butun guruh faoliyatining yo’nalishini va harakterini belgilab beradigan eng mas`uliyatli echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam guruhning eng muhim muammolariga qiyosan undagi eng ko’prok darajadagi referentlik egasi bo’lgan shaxsdir. Peshqadam sociometrik «yo’lduz» bo’lishi ham va, aksincha, bunday bo’lmasligi ham mumkin u tevarak-atrofdagilarning shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo’lmasligi ham mumkin, lekin agar u peshqadam bo’lsa, u holda uning tevarak-atrofdagilar uchun referentliligi shubhasizdir. Peshqadam rasman guruhning rahbari bo’lishi ham va, aksincha bo’lmasligi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga to’g’ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo’lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar bilan norasmiy peshqadam yoki peshqadamlar o’rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo’ladi. O’spirinlik yoshida o’quvchilarning shaxslararo munosabatlar sistemasi doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-umidlari ayniqsa keskin tusga kiradi. Ana shunday hollarda yuqori sinf o’quvchilari jamoasidagi peshqadam ko’pincha namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo’lib hisoblanadi, boshqa barcha o’quvchilar o’zlarining va boshqalarning hatti-harakatlarini shularga qarab baholashadi. Ba`zan pedagoglar va ota-onalar a`lochi o’quvchilar sinf jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan holda ish tutadilar. Agar quyi sinflarda a`lochi o’quvchi bilan jamoaning peshqadami maqomlari o’rtasida bevosita bog’lanish sezilmaydi. Yahshi o’qishning o’zi tahsinga loyiq narsa, lekin a`lochi o’quvchi o’z sinfdoshlari orasida peshqadamlik mavqeiga faol ko’maklashgan taqdirdagina ega bo’lishi mumkin. Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi o’quv ishini tashkil etish jarayonida bo’ladi. Download 18.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling