Variantlar variant-l Menejment fani nimani o'rganadi va o'rgatadi ? Maqsad sifatlari xaqida


Download 68.54 Kb.
bet1/11
Sana03.01.2023
Hajmi68.54 Kb.
#1076235
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
m VARIANTLAR


VARIANTLAR
Variant-l
1. Menejment fani nimani o'rganadi va o'rgatadi ?
2. Maqsad sifatlari xaqida.
Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning:
• o’z mohiyati bo’yicha;
• amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha;
• pog’onalar bo’yicha;
• bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi.
Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi.

"Maqsadlar shajarasi" yoki maqsadlar ierarxiyasi. "Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.


U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta'minlaydi.


3. Menejment nazariyasini shakllanishi bosqichlari.

Variant-2



  1. Menejment ob'ekti va sub'ekti.

Menejment obyekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:


• bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bulgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;
• xo‘jalik yoki mudofaa axamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Xaydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina xisoblanadi.
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs xisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti xarakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir.
Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning raxbarlari menejmentning subyekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar - bashqaruvchilar bo‘lib xisoblanadi.
Shunday qilib xar qanday xodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.

Download 68.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling