Ijtimoiy soha vakillarining kundalik kasbiy faoliyatidao'quv va ilmiy internet resurslaridan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakillantirish. Reja
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili
Download 45.4 Kb.
|
02. IJTIMOIY SOHA VAKILLARINING KUNDALIK KASBIY FAOLIYATIDAO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet manzillari.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, FTP://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URL-manzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko‘rinishi quyidagicha: http://www.tuit.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi. Namunadan ko‘rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O‘ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada tuit) – domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko‘p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo‘yicha nomlanadi. Saytlar nomlari quyidagicha umumiy ko‘rinishda ifodalanadi: http://www. Sayt nomi. Sayt sohasi. Davlat kodi. Internet manzillari. Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan kompyuterlar bir-birirni tushunadigan bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa, tarmoq xabarlarni sizning kompyuteringizga qanday yuborishni bilmaydi. Internetda kompyuter tarmoqlari Internet manzili yoki, aniqrog‘i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. Internet tarmoq manzili haqida gap ketganda, odatda IP manzili tushuniladi. IP manzili 2 qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va uning xost manzili. IP manzilning ushbu tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter nomerlari bir xil bo‘ladi. Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun tushunarli bo‘lsa-da, foydalanuvchi uchun aniq ma’lumotni bermaydi. Shuninhg ucnun ham kundalik hayotda odatda adreslashning Domen usulidan foydalaniladi. Xost kompyuterlar Internetning server xizmatlarini bajaruvchi kompyuterlardir. Ko‘p xollarda xost kompyuter mahalliy tarmoqdagi oddiy kompyuterga o‘xshagan kompyuterdir. Umumiy xolda esa u Internet provayderi vazifasini bajaruvchi tashkilot modemi orqali ulangan kompyuterdir. Xost kompyuterlarni nomlash oddiydir. Misol uchun maripov@ tashsu.silk.org elektron pochta adresida silk.org tarmoqqa mansub domen bo‘lsa, tashsu esa elektron pochta xost sistemasining programmalari bajariladigan kompyuter nomidir. Domenning eng yuqori pog‘onasidagi so‘z (ya’ni org) uning sinfini aniqlaydi. U xizmat turi yoki geografik joylashganiga qarab belgilanadi. Masalan: edu (education) ta’lim muassasalari com (comertial) tijorat ta muassasalari org(organization) savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lmagan (davlat) muassasalari gov (goverment) xukumat muassasalari net (network) tarmoq ximatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar int (international) xalqaro muassasalar mil (oppish) harbiy muassasalarga oid ma’lumotlarni bildiradi. Quyidagi (yuqori domenlar) geografik belgilar bo‘yicha tuzilganligini bildiradi: Download 45.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling