Ijtimoiy soha vakillarining kundalik kasbiy faoliyatidao'quv va ilmiy internet resurslaridan foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakillantirish. Reja


Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish


Download 45.4 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2023
Hajmi45.4 Kb.
#1645893
1   2   3   4
Bog'liq
02. IJTIMOIY SOHA VAKILLARINING KUNDALIK KASBIY FAOLIYATIDAO

Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
O‘qitish, ilm-fan va texnika yutuqlari namoyishi. Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun mo‘ljallangan portallar keyingi vaqtlarda keskin ko‘paydi. ZiyoNET portali buning yaqqol namunasidir. ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini tadbiq etishdir.
ZiyoNET tarmog‘i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Ta’lim muassasalarini ulash monitoringi; Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish; Axborot-ta’lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish.
Yoshlarni, o‘qituvchilarni ta’lim muassasalari va ta’lim sohasiga bog‘liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o‘zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.
Ta’lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog‘ining resurs markazi tomonidan ta’lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyixalar uchun bepul xizmati taqdim etiladi.
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish obhektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta’lim tarmog‘ida birlashishlari, yahni ZiyoNET tarmog‘iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart. Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar kataloglashtirish, respublika ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan elektron o‘quv adabiyotlarini barcha ta’lim muassasalari orasida targ‘ib qilish muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ushbu masalani ijobiy yechimini topish hamda ta’lim muassasalari uchun yaratilgan elektron o‘quv resurslari va ta’lim muassasalari saytlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga jiddiy ehtibor berilmoqda.Buning natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil qilingan www.ziyonet.uz axborot- ta’lim portali ishga tutirildi va bu portalda barcha ta’lim muassasalari uchun ta’lim resurslari joylattirilganligi ahamiyatga molikdir.
Download 45.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling