Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari Reja; Kirish; Asosiy qism


Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish


Download 237.61 Kb.
bet4/5
Sana16.12.2021
Hajmi237.61 Kb.
#181295
1   2   3   4   5
Bog'liq
Harakatlar strategiyasi mazmum mohiyati.

Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish
Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

9,7 ming maktab, 5,2 million o‘quvchi, 450 mingdan ziyod o‘qituvchi. Bular shunchaki raqamlar emas. Balki mamlakatimiz kelajagini bel- gilovchi, ertamizni yanada nurafshon bo‘lishini ta’minlovchi asosiy kuch, asosiy manbadir2.

Xo‘sh, mamlakatimiz ta’lim tizimining ahvoli qanday? Bugun umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati qoniqarlimi? Bu ziyo maskanlarida siz-u bizning farzandlarimizga risoladagidek ta’lim berilyaptimi?

Ushbu savollarga “ha”, deya javob berish mushkul, ancha mushkul. To‘g‘rirog‘i, o‘zimizni aldadik. So‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar go‘yoki o‘zi o‘tirgan shoxni arralayotgan insonni eslatib yuboradi kishiga.

Ta’lim tizimi eng katta kontingentlardan biri. Uni yagona maqsadga yo‘naltirish,yo‘naltira olish – bu chinakam baxt, farovon kelajak degani. Hechdan ko‘ra, kech bo‘l-sa-da anglab yetganimizga shukr. “Ziyon yo‘lning qayeridan qaytsang – foyda”, deb bejiz aytishmaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ta’lim tizimida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu hujjatda haqli ravishda o‘qituvchi, murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nu- fuzi pasayib ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermasligi, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mus- taqil dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, qarorning 3-bandida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlari-ning bazaviy tarif stavkalarini oshirish ko‘zda tutilgan. Farzand – yaratganning buyuk in’omi, nasllar davomiyligini ta’minlovchi oltin halqa. Shu bois har bir ota-ona jajji bolasining qo‘lidan tutib maktabgacha ta’lim muassasasiga, maktabga olib borishni orzu qiladi, yangi o‘quv yilidan xalq ta’limi muassasalari vasiylik kengashlarini bekor qilib, ular o‘rnida kuzatuv kengashlari tashkil etilar ekan. Uning a’zolari yuridik shaxslar,ota-onalar qo‘mitalari vakillari, sobiq bitiruvchilar va homiylar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bo‘lishi rejalashtirilgan. kuzatuv kengashlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilyapti:

– Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan ta’lim muassasalari direktorlarini saylash, shuningdek, ularni lavozimidan ozod etish bo‘yichatakliflar kiritish;

– o‘quv muassasalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar kiritish;

– ta’lim muassasalarining moliyaviy va biznes faoliyati, daromad va byudjet xarajatlari, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa vositalarni yaxshilash bo‘yicha direktorlar hisobotlarini tinglash;

– yillik moliyaviy rejalar va xarajatlar smetalarini tasdiqlash;

– ta’lim muassasasining direktori tomonidan pullik xizmatlar uchun tariflar miqdori, ta’lim muassasasi binolari va boshqa mulklarining ijaraga berilishini tasdiqlash;

– ta’lim sifati, o‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahorati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish;

– o‘quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog va rahbar xodimlar haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

– ta’lim muassasasini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalarda ishtirok etish.

Kelgusida maktab direktorlari qay tarzda tayinlanadi?

Ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodni joylarda davlat hokimiyati organlari tomonidan tayinlash amaliyoti maktab boshqaruvining samarasiz tuzilmasi hamda vakolatlarining noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keldi. Direktor zimmasiga asosiy faoliyatiga tegishli bo‘lmagan juda ko‘p vazifalar yuklatilib, direktor o‘rinbosarlarining javobgarligi susaydi, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va fidokorona mehnati uchun rag‘bat yo‘qoldi 3
Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak harakatlar strategiyasining “ijtimoiy sohani rivojnantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi badligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy ijtimoiy infra tuzulmani rivojlantirish va modernizatsiyalash va aholini elektr energiya gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘ratiladigan ijtimoy yordam sifatini oshirish, xotin qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish hamda Mamlakat iqtisodiyotining transformatsiyasi xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha ish bilan bandlik tarkibi o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘rinda yangi hodisalargagina emas, balki ish bilan to‘liq bandlikka, xodimlarning tarmoqlar va sohalar bo‘yicha rejali taqsimlanishiga asoslangan oldingi munosabatlar buzilishiga duch kelinadi.Mana shu nuqtai nazardan ish bilan bandlik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish birinchi darajali nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, ushbu muammoni tadqiq etishning dolzarbligi aholini ish bilan ta’minlash tarkibini takomillashtirishning nazariy, metodologik va amaliy bazasini ishlab chiqish tugallanmaganligi bilan belgilanadi. Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar, sug‘urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo‘yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko‘maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rag‘batlantirishdan iborat.



Download 237.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling