Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ko‘p muammolar paydo bo‘laveradi. Ushbu muammolarni uzluksiz ravishda ketma-ket echib turish lozim bo‘ladi


Download 57.16 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1578997
  1   2   3
Bog'liq
ALFIYA


Kirish
XXI asrga kelib ilm-fan, texnika shu darajada rivojlandiki, er yuzidagi deyarli butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‘iri engil, uzog‘i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi rivojlangan bir davrga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, hozirgi davr yadro energiyasi, quyosh energiyasi, ximiyani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, hamda fan- texnikaning boshqa yanada murakkab sohalarini o‘zlashtirish bilan xarakterlanadi.

Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ko‘p muammolar paydo bo‘laveradi. Ushbu muammolarni uzluksiz ravishda ketma-ket echib turish lozim bo‘ladi. Aks holda taraqqiyot sur’atlari pasayadi yoki umuman jamiyat taraqqiyotidan to‘xtab tanazzulga tomon rivojlanishi mumkin. Globallashuv davrida ushbu muammolarni echishning hal qiluvchi vositasi bu ilm-fandir. Fan asosida ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining tez sur’atlar bilan va uzluksiz davom etishini ta’minlab turish mumkin. SHu sababli mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyotiga, fan rivojiga, yosh olimlar ijtimoiylashuvi jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda.


Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib va o‘zimizning tajribamizga asoslanib ta’kidlash lozimki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bugungi ilmiy-texnika taraqqiyoti belgilovchi ahamiyatga ega. Usiz taraqqiyot amalga oshmaydi va jamiyat ziddiyatlar girdobida qolib ketadi. SHu sababli mamlakatimizda ilm fan rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda.


Aholi hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy ko‘rsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida ta’limning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda.


Shu nuqtai nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo‘lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir.


Bu masala yoshlarda ilm-fanga va ta’lim olishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish, barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri anglash hamda qabul qilish, dunyoning barcha xalqlariga Islom dinining haqiqiy mazmun-mohiyatini yetkazish uchun muhimdir. Shuningdek, bugungi kunda xalqaro miqyosda konfessiyalar, millatlar va madaniyatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, tinchlik va totuvlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ko‘lamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.


Aynan shuning uchun ilm-fan va texnikani yanada rivojlantirish, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning intellektual salohiyatini mustahkamlash tashkilotimiz faoliyatida muhim o‘rin egallashi lozim, deb hisoblaymiz. 1


Ilmiy-texnika har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir. O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan. Bugungi kunda ham olimlarimiz buyuk ajdodlari an’analarini munosib davom ettirib, mustaqil Vatanimizning ilmiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Jumladan, ushbu dissertasiyada ham ijtimoiy va ilmiy texnika taraqqiyotining fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri hamda ularning tarixiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishga qaratiladi. Muhimi, ilmiy-texnika taraqqiyotining bizning mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini va mamlakatimizning ijtimoiy hayot sohasida moddiy-texnika bazasida takomillashtirishdagi ta’sirini ko‘rsatishga asosiy e’tibor berilgan.


Reja

1. Fan-texnikaning taraqqiyoti, inqilobi va rivojlanishi.


2. Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida demografik vaziyat.


3. Fan-texnika yutuqlarining tibbiyotdagi o`rni.


4. Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi


Fan-texnika taraqqiyoti va sharoitlarida insonning tabiat bilan o`zaro munosabatlari, sifat jihatdan yangi shakl kasb etadi. Zamonaviy texnika bilan jixozlangan vositalar bilan va mehnat qurollaridan foydalanish tabiat bilan intensiv ravishda moddalar almashishiga ko`maklashishida va inson yashab turgan muhitning dastlabki “tabiiy” mazmunining o`zgarishiga olib keldi.
Shu bilan birga fan-texnika inqilobi ba’zi bir xollarda ham inson ham tabiat zarariga, inson bilan tabiat o`rtasidagi aloqa jarayoni muvozanatining buzulishiga olib keladi. Inson muhit tizimiga yangi tibbiy biologik muammolar paydo bo`ladi. Ana shu muammolarning ba’zilari O`rta Osiyo mintaqasiga ham xosdir.
Zamonaviy fan-texnika inqilobi negizida, sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning intensiv rivojlanishi agrosanoat majmuida kimyolashtirishning keng qo`llanilishi yangi yerlar o`zlashtirilishi va g`oyat yirik hududiy komplekslarning qurilishi katta ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar bilan birga qator yangi ekologik muammolarni ham k`ondalang qo`ymoqda.
Vujudga kelgan ekologik vaziyat inson hayot faoliyatinign ijtimoiy va ekologik tomonlari o`rtasida ziddiyatli sharoitlar yuzaga kelishida muhim omil bo`ldi. Buning natijasida mintaqa atrof-muhitga mos bo`lmagan o`zgarishlar bilan bog`liq bir qator patologik holatlar yuzaga kela boshladi. Ular esa odam organizmiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Insonning ijtimoiy va ekologik rivojidagi ziddiyatlar bu ilmiy texnika va ekologik siyosatni amalgam oshirishdagi nomuvofiqlikning bevosita ifodasidir.
Fan va texnikaning rivojlanishi inson, jamiyat va tabiat evolyutsion ekologik rivoji bilan dialektik birlik va ziddiyatli holatda bo`ladi. Fan-texnika taraqqiyoti bir tomondan, hozirgi zamon kishisining hayot faoliyati barcha tomonlarni yaxshilashda juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida demografik vaziyat jiddiy ravishda o`zgaradi. Bu o`zgarish o`limning kamayishi va o`rtacha umr ko`rishning uzayishi bilan tavsiflanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti tibbiyotning barcha tarmoqlariga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Davolash tashxis sifat jihatdan o`zgardi, kasalliklar oldini olishning ko`pgina yangi uslublari yaratildi, dori-darmonlar biologic jihatdan faol moddalar xili kengaydi, organizmni kuzatish va hayotni ta’minlashning yangi avtomatik hamda o`zini-o`zi tartibga soladigan tizimlari yuzaga keldi. Ichki organlarni ko`chirib o`tkazish, ularni protezlash imkoniyati tug`uldi. Mikroelektronika, kompyuter bilan jixozlangan zamonaviy apparatlar bilan foydalanish inson organizmida ro`y beradigan fiziologiya va potologiya jarayonlariga chuqur kirib boorish imkonini beradi.

Fan-texnika yutuqlari O`zbekistonda ham tibbiyotda ya’ni tibbiyot faoliayti xususiyatlarini tubdan o`zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda respublika klinikalari va ilmiy tadqiqot institutlarida zamonaviy tibbiyot texnikalari muvofaqqiyatli qo`llanilmoqda. Rengen – radio qurilmasi va monitorlar, a’zolar vazifasini bajarib turuvchi va organizmdan tashqarida qonni shimdiradigan apparatlar, yordamchi qon aylanishi va o`pkani sun’iy tozalash qurilmalari shular jumlasidandir.


Ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-ekologik siyosat mushtarakligini ta’minlash, nafaqat ma’naviy kamol topgan insonni shakllantirish imkonini beradi, balki uning ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi suratlarda mos ravishda jismoniy takomillashuvi uchun shart-sharoitlar ham yaratadi.


Ammo hozircha inson hayot faoliyatining ijtimoiy va biologic tomonlari o`rtasida ziddiyatli vazifasida olib boruvchi qarama-qarshiliklar bor. Ular shundan iboratki silasini aytganda yuksak insoniy imkoniyatga odamlar faravonligiga xizmat qilishga qodir bo`lgan texnika va texnologiya vazifasini bajarishi jarayonida tabiiy muhit va inson salomatligiga nomaqul ta’sir ko`rsatadi.


Keyingi vaqtda yangi texnikaning umumiy tez rivojlanishi bilan bir qatorda uning xavfsiz bo`lishini ta’minlashda han sezilarli siljish bor. Hayotning barcha jabhalari jadal texnikalashayotgan texnika qurilmalari miqdorining ko`payotgani ular qudratining o`sayotgani, atrof muhitni va insonning tabiiy negizi uning salomatligi va hayotini muxofaza qilish tadbirlari samaradorligi masalasini jiddiy keskinlashtiradi.


Fan va texnika tarqqiyoti odamlarning ijtimoiy shaharlarga to`planish va hududlarga ko`chib borishi sur’atlari o`sishi bilan birga ro`y bermoqda. Hayot tarzini ancha serharakat va ko`chmanchi qilayotir. Hozirgi zamon fan-texnika inqilobi xususiyatlarini o1rganish ijtimoiy hayotning texnikalashuvi va aqliy mexnatga ehtiyojining oshib borishi ruhiy xissiy aziyatning ko`payishi axborot yukining uzluksiz ortishi inson tabiatda bioijtimoiy maromning buzulishi tabiiy muhitning ko`rinishi va shaklning o`zgarish va boshqalar uning eng tabiiy xarakterli belgilari ekanligini ko`rsatadi. Bu belgilar esa aholinign turmush tarsi va salomatligiga bevosita aloqadordir. Hozirgi zamon ilmiy texnika inqilobi inson hayot faoliyatining biologik va ruhiy fiziologik tomonlariga yuksak talablar qo`yadi. Mehnatning asab hissiyot tarangligi ko`rinishi va O`rta Osiyo mintaqasi va iqlimiy jug`rofiy xususiyatlari sharoitlarida hali yetarli o`rganilmagan kimyoviy va fizikaviy ta’sirlar katta qiziqish tug`diradi. Aniq mintaqaviy sharoitlarni hisobga olib navbatdagi fan-texnika va ijtimoiy-iqtisodiy siyosati ishlab chiqarish uchun chuqur ijtimoiy-gigiyenik va ekologik tadqiqotlar o`tkazish zarur.


Qishloq xo`jaligining texnika bilan yetarli darajada jixozlanganiyu ammo undan foydalanishning bunday past darajasi o`rtasidagi jiddiy masala faol aralashishni talab qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

· I.A. Karimov “Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” Toshkent 1995 yil


· I.A. Karimov “O`zbekiston XXI-asr bo`sag`asida havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari!” Toshkent “O`qituvchi” 1997 yil


· I.A. Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil


· I.A. Karimov “Ijtimoiy ishlarimizni oxirigacha yetkazaylik” Toshkent “O`qituvchi” 1994 yil


· I.A. Karimov “Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili” Toshkent “O`qituvchi” 1995 yil


· I.A. Karimov “O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida” Toshkent “O`zbekiston” 1991 yil


· I.A. Karimov “Hushyorlikka dav`at” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil


· Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil


· Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil


· G.A.Novikov “Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi”.


· Sergeyiv “Injenernaya geologiya”


· A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil


· P. Baratov “Yer bo`limi va o`lkashunoslik” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil


· A. Islomov “Ekologiya ta`lim tarbiya”


· R. Rahmatov Toshkent “O`qituvchi” 1997 yil


· K. Hasanjonov “Ximiyalashtirish va atrof muhitni muhofaza qilish”


· Vernaskiy “Razmeshlinniy naturalis” Moskva 1977 yil


· Novikov “Osnovi obshey ekologii i oxrana prirodi ” 1979 SP


· A. To`xtayev “Ekologiya” Toshkent “O`qituvchi” 1998 yil


· M.Tenglashev “Orol madad so`raydi” Toshkent “Mehnat” 1987 yil


· L.Alebekov “Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish” Toshkent “O`qituvchi” 1982 yil


· Z.Egamberdiyeva “Tabiat va inson” Toshkent “Mehnat” 1986 yil




Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling