Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ko‘p muammolar paydo bo‘laveradi. Ushbu muammolarni uzluksiz ravishda ketma-ket echib turish lozim bo‘ladi


II. BOB. FTINING JAHON XO’JALIGIGA TA’SIRI


Download 57.16 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1578997
1   2   3
Bog'liq
ALFIYA

II. BOB. FTINING JAHON XO’JALIGIGA TA’SIRI.
2.1. FTIning jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga ta’siri
XX-asrda jahon xo’jaligining o’sish sur’ati yuqori bo’ldi. Asrimizning dastlabki uch choragi davomida jahon iqtisodiy imkoniyati taxminan 10 hissa ko’paydi. Binobarin 70 yillar o’rtasida jahon iqtisodiy imkoniyatining 9/10 qismi bizning asrimiz yutuqlari natijasida, 1/10 qismi esa insoniyatning asrimizgacha butun tarixi davomidagi yutuqlari natijasi bo’ldi. FTI jahon iqtisodiy taraqqiyoti sur’atini yana ham kuchaytirdi.
FTI yutuqlaridan g’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari eng yuqori darajada foydalana oladilar. Ular FTI yutuqlarini fan-texnika taraqqiyotining asosiy xizmatchisiga aylantirdilar. Bu mamlakatlar butun ishlab chiqarishni yangi texnika va xom-ashyoni iqtisod qilishga kirishdilar. Buni ko’pincha qayta industriyalashtirish yoki 3-sanoat inqilobi deb atashadi.
Bunday qayta industriyalashtirish davlatning faol yordami bilan amalga oshyapti.Davlat ko’p korxonalarning va xatto butun tarmoqlarning egasi, shuningdek bosh buyurtmachi va mehnat natijasi (ilm-fan, harbiy ishlab chiqarish)ning iste’molchisi hamdir. Davlat kapital qoyadi, kadrlar tayyorlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirishning har xil dasturlari, shu jumladan, regional dasturlari yordamida uni boshqaradi.
Qayta sanoatlashtirishda monopoliyalarning ta’siri juda kattadir. Ko’p monopoliyalar xalqaro monopoliyalarga aylanib ketdi. Shunday monopoliyalarning asosiy shakli xalqaro korporasiyalardir. Xalqaro korporsiyalarning umumiy soni minglab, o’n minglab hisoblanadi. Lekin asosiy tizgin 400-500 ta multimilliarder korporasiya qo’lidadir. Ana shunday qilib, jahon xo’jaligining o’ziga xos “xalqarolashuvi” roy bermoqda. Lekin shu bilan birga g’arb mamlakatlarida millionlab mayda kompaniyalar ham mavjud.
G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hozirgi zamon texnika va texnologiyasiga, fan bilan ishlab yaiqarishning tub mohiyati bilan yangi o’zaro aloqalariga tayangan holda aholisining ko’pchilik qismi hayot sharoitini nisbatan yuqori darajaga ko’tarilishiga muvaffaq bo’ldi. Lekin shunga qaramasdan bu mamlakatlarda ham ishlab chiqarishda ayrim pasayishlar va xatto tanazzullar, ishsizliklar, inflyasiya va boshqa sosial inqirozlar bo’lib turadi.
Tashqi savdo hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan yuqori bo’lgan davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Xitoy.
Sanoatlashish yo’lidan borayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoat 2-jahon urushiga qadar o’tgan vaqtdagidan 2-3 marta tezroq o’smoqda, xatto g’arb mamlakatlaridan ham tezroq rivojlanmoqda. Shunga xos ravishda ishlab chiqarish daradasi ham o’sdi. Shu bilan birga hali o’nlab zaif rivojlangan mamlakatlar borki, ularning ko’pi sanoatlashishgacha bo’lgan darajasiga ham ko’tarilgani yo’q.
FTIning jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga ta’siri: industrial jamiyatdan industrial xo’jalik orti jamiyatiga. Jahon xo’jaligida XVII-XIX asrlardagi sanoat to’ntarishigacha agrar tuzilishi yakka xukmron edi. Unda moddiy boylikning asosiy manbai qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq tarmoqlar bo’lgan. X1X asrning 2-yarmi va XX asrning 1-yarmida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning sanoat etakchi o’rin tutgan industrial tuzilishi tarkib topdi. Mana shu bosqichda jahonda FTI davri boshlandi. FTI jahon xo’jaligi asosiy tarmoqlariga juda katta ta’sir ko’rsatdi va hozir ham ta’sir ko’rsatmoqda. Uning ta’sirida jahon xo’jaligining tubdan yangi tuzilishi, industrial xo’jalik orti deb ataluvchi (yoki axborotli) tuzilishi shakllana boshladi.
Xo’jalikning industrial xo’jalik orti tuzilishi uchun dastavval moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlar o’rtasidagi nisbatning nomoddiy ishlab chiqarish foydasiga o’zgarishi xosdir. Bunda sanoat salmog’ining o’sishi jarayoni o’rniga uning qisqarish jarayoni roy beradi. Shundan so’ng sanoatda va umuman moddiy ishlab chiqarishda qisqarish roy berdi. Shu bilan bir vaqtda xizmat ko’rsatish, fan, ta’lim, madaniyat sohalarining o’sishi bo’ladi. Masalan: Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida band kishilar sonining moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan kishilardan ortib ketgan 1-mamlakat AQSH bo’lgan. Bu xol 1955 yilda roy berdi. Hozirgi vaqtda ham nomoddiy ishlab chiqarish sohasida band kishilarning salmog’i jihatidan AQSH birinchilikni saqlab qolmoqda.
FTIning moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga ta’siri: ijobiy siljishlar. FTI moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida katta siljishlarga olib keldi. Butun dunyoda moddiy ishlab chiqarishda 1,5 mlrd.kishi band(siljishlar dastavval sanoat bilan qishloq xo’jaligi orasidagi nisbatning sanoat foydasiga o’zgarishida o’z aksini topdi). Sanoatda ishlov beruvchi tarmoqlar tez o’smoqda, hozirda butun sanoat mahsulotining 1/10 qismi moddiy ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. Bu tarmoqlar tarkibida ilg’or uchlik-mashinasozlik, kimyo va energetika ajralib turadi.
BMT tasnifiga ko’ra hozirda sanoatning 300dan ortiq tarmoqlari bo’lib, ular 2 guruhga bo’linadi: 1 - unduruvchi, 2 - qayta ishlovchi. Jahon unduruvchi sanoat mahsulotlarini 100% deb olsak, uning 70 % ini yoqilg’ilar, 20 % ini metallar, 10 % ini boshqa xom-ashyolar tashkil etadi (2005 y).
Jahon qayta ishlovchi sanoati tarmoqlari 100 dan ortiq bo’lib, ularni 100 % deb olsak, 32 % i mashinasozlikka, 19 % i yengil sanoatga, 15 % ini oziq-ovqat sanoati, 12 % ini yog’ochni qayta ishlash sellyuloza qog’oz, 22 % ini boshqa tarmoqlar tashkil etadi. (2005 y).
Jahon qayta ishlovchi sanoat mahsulotini 100 % deb olsak, uning 22 5 i AQSH ga, 21 % i Yaponiyaga, 10 % i GFR ga, 5 % i Fransiyaga, 5 % i Xitoyga, 37 % i qolgan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. (2005 y).
Hozirda sanoat tarmoqlarida komplekslashish xosdir, ya’ni turli xil tarmoqlarning birlashib tarmoqlararo komplekslarni hosil qilishidir.
Qishloq xo’jaligi tarmoqlaridagi o’zgarishlar sekinroq roy beradi. Qishloq xo’jaligida chorvachilikni salmog’i ortmoqda.
FTI transportning ayrim turlari o’rtasidagi “mehnat taqsimotiga” katta o’zgarishlar kiritdi. Temir yo’l transportini ahamiyati umuman kamaydi. U o’z ahamiyatini sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p miqdordagi yuklarini tashishda, yo’lovchilarni o’rtacha masofalarga tashishda saqlab qolmoqda, shahar ichida tashishda ham.

Avtomobil transporti shahar ichida va shaharlar atrofida yo’lovchi tashishda birinchi o’rinda turadi.


Dengiz transporti xalqaro savdoning katta qismini ta’minlaydi. Masalan: neft, ruda, g’alla, sanoat mahsulotlari va h.k. Lekin yo’lovchilar tashishda amalda ishtirok etmaydi.(sayohatchilarni hisobga olmaganda).
Havo transporti yo’lovchilarni o’rtacha va uzoq masofalarga tashishda katta ahamiyatga ega. FTIning xo’jalikning hududiy joylashtirilishiga ta’sir etuvchi omillari:
1.Hududiy omil.Hudud jamiyat geografik muhitining muhim qismlaridan biridir. Hudud qancha katta bo’lsa, tabiiy resurslari shuncha boy, xilma-xil bo’ladi. Aholi va ishlab chiqarishni joylashtirishning turli xil variantlari shuncha ko’p bo’ladi. Masalan: Rossiya, AQSH, Kanada. Ularda hudud kattaligi sababli iqtisodiy zona, rayon, hudud. Aksincha kichik mamlakatlarda hudud “etishmasligi” kuzatiladi.
2.Iqtisodiy geografik o’rin omili(IGO’). IGO’ tushunchasini fanga N.N.Baranskiy to’liq asoslab kiritdi. U IGO’ning asosiy 4 xilini ajratib ko’rsatgan:
1) markaziy o’rin;
2) ichkarida (chekkada) joylashishi;
3) qo’shni joylashish;
4) dengiz boyida joylashish.
Dengiz boyida joylashganlik (Arktika dengizlaridan tashqari) hamma vaqt qulay IGO’ bo’lgan, ayniqsa, FTI davrida aholi va sanoatning dengiz boyiga ko’chishi birinchi galda chetdan keltiriladigan xom-ashyo va yoqilg’iga intilish sabab bo’ldi.
N.N.Baranskiy fikricha mamlakat o’z IGO’ni tuzatishi va yaxshilashi mumkin. Masalan: Panama kanali, Suvaysh kanali, Volga, Don, Reyn-Rur kanallari kabilarni qazilishi, AQShda transkontinental temir yo’lining qurilishi, Transamazoniya magistrali, BAM kabilar.
3.Tabiiy sharoit-resurslar omili. Tabiiy resurslardan foydali qazilmalar, birinchi galda og’ir sanoatni joylashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan: qora metallurgiya sanoati toshko’mir va temir ruda konlariga yaqin joylashtirilar edi. Undiruvchi sanoat uchun tabiiy resurslar omili asosiy omil bo’lib qoldi. Dunyoning shimoliy hududlarida katta maydonlarda (20 mln.km2) o’zlashtirilishi qiyin tabiiy resurslarni o’zlashtirilishiga FTI sabab bo’ldi. Masalan: materik sayozliklarini o’zlashtirish 90-yillarga kelib, “dengiz nefti”ni qazib olish butun jahonda qazib olinadigan neftning 1/4 qismini, “dengiz gazi”ni qazib olishning 1/5 qismiga etdi. Neft va tabiiy gaz qazib olishning asosiy rayonlari-Shimoliy dengiz, Fors ko’rfazi va Meksika qo’ltig’idir. Bular FTI yutuqlari natijasidir.
Materik sayozliklarini o’zlashtirilishiga katta mablag’ sarflanadi va atrof-muhitni ifloslanib ketishi xavfi kuchayadi.
4.Transport omili. FTI davriga qadar bu omil ishlab chiqarishni joylashtirishga deyarli hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar edi. Transport vositalarini takomillashtirilishi transport xarajatlarini ancha kamaytirishga olib keldi. Transport inqilobi sanoat mahsulotlarini minglab km. atrofga chiqarishga, aholining siljib yurishini kuchaytirishga, ishlab chiqarishni dengiz boyiga siljishiga, tabiiy resurslarni tashib borishga, ya’ni hududlarni o’zlashtirishga va ishlab chiqarish bilan iste’molchi orasidagi ajralishni yo’qotadi. Masalan: BAM, TransamazoniY.
5. Mehnat resurslari omili. Ishlab chiqarishni joylashtirishga va xo’jalikning hududiy tarkibiga hamma vaqt ta’sir ko’rsatgan va ko’rsatadi.
Mehnat resurslari omili ta’siri 2xil namoyon bo’ladi:
1.Sanoatga, noishlab chiqarish sohasiga boshqa joylardan qo’shimcha ishchi kuchi jalb qilinadi.
2.Ishlab chiqarishni mehnat resurslari to’plangan joylarga ko’chirish foydaliroq bo’ladi.
Masalan: G’arbiy Evropa, AQSH qo’shimcha mehnat resurslarini o’ziga tortib oladigan asosiy markazlar. Masalan: Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyoning arzon ishchi kuchlari Horijiy Yevropa, AQSH, Yaponiya sanoatining ko’p mehnat talab qiladigan sohalarini o’ziga tortib oladigan asosiy markazlar, ya’ni qo’shimcha korxonalar. FTI davrida arzon ishchi kuchiga ayniqsa ayollar mehnatiga intilish saqlanib qoladi.

6.Hududiy to’planish omili. Ishlab chiqarish korxonalarining hududiy to’planishi katta samara beradi. Bunda sanoat tugunlari, transport tugunlari va h.k. Bunda eski sanoat hududlarini mavqei katta, ular poytaxt, ko’mir havzalarini roli yuqori bo’lib, allaqachon to’planish omili roy bergan. Butun jahon sanoat ishlab chiqarishning 3/ 4 qismi shunday joylarda to’plangan. Lekin bu salbiy oqibatlarga-ekologiyaning buzilishiga olib keladi. Shu sababli FTI davri uchun ishlab chiqarishning tarqoqlanishi, mitti (mini) zavodlar qurilishi xos.





Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling