Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o'rni Tuzuvchi: Jumayeva Madinabonu


Download 13.89 Kb.
bet1/3
Sana30.01.2024
Hajmi13.89 Kb.
#1817094
  1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o\'rni

Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o'rni

Tuzuvchi:Jumayeva Madinabonu

Reja:

  • 1. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni. 2. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. 3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.

Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16-maydagi 162-sonli qarori asosida mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika inspektorlari tomonidan hisobga olingan tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi. Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30 yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat, kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga yetmaganlarni o`z orqasidan ergashtirib, ular bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirishda “Mahalla” jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, sport qo`mitalari o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va mahallaning o`rni beqiyosdir.

  • Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16-maydagi 162-sonli qarori asosida mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika inspektorlari tomonidan hisobga olingan tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi. Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30 yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat, kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga yetmaganlarni o`z orqasidan ergashtirib, ular bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim. Bu ishlarni amalga oshirishda “Mahalla” jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, sport qo`mitalari o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va mahallaning o`rni beqiyosdir.
  • Jamiyat mustahkam, ma`naviy va axloqiy jixatdan sog`lom oila bolishidan manfaatdordir. Shu sababli jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek,ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish deb biladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator qaror va yo`l-yo`riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta`minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi– oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotida muhim ro`l o`ynamoqda. Chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi, ta`bir joiz bo`lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bolmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir.
  • Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Zotan, ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan mas`uliyatini kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta`minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Oila o`zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo`lni bosib o`tdi. Bu yo`lning o`ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o`zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o`zgarganligidir.
  • Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o`zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o`zaro aloqa shakllariga ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yonalishidagi o`zgarishlari oila faoliyatining o`zgarishiga sabab bo`lmoqda. Bunday o`zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o`zaro do`stlik va farzand ko`rishni rejalashtirishda o`z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o`zining olib boradigan siyosati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma`naviy erdam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg`unligini ta`minlashdan manfaatdordir. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko`paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida oila ma`lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda faoliyatda bo`lmoqda.

Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling