Ijtimoiy tarmoqdagi tuzoqlarning yoshlar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 55.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi55.24 Kb.
#1763038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ijtimoiy-tarmoqdagi-tuzoqlarning-yoshlar-ma-naviyatiga-ta-siri

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 5 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 1534 www.ares.uz 
Shu bilan birgalikda jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida 
jamiyatda ma‟naviy sohada quyidagi vazifalarni ham bajarishimiz maqsadga 
muvofiqdir: 
- yoshlarimizni ma‟naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol 
ishtirokchisiga aylantirish; 
- turli qarash va fikrga ega bo„lgan yoshlarning o„ziga xos orzu-intilishlarini 
uyg„unlashtiruvchi g„oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil 
inson, yagona Vatan tuyg„usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga 
qarshi ma‟rifat, innovatsion taraqqiyotni ta‟minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun 
muqaddas 
maqsadga 
aylanishiga 
erishish, 
milliy 
hamjihatlikni 
yanada 
mustahkamlash; 
- ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka 
tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. 
Buning uchun, avvalo: 
- ommaviy axborot vositalarida milliy ma‟naviyatimiz aks etgan ko„rsatuvlar, 
seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e‟tiboriga taqdim qilish; 
- internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko„paytirish hamda 
yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g„oyalarni singdirib borishni 
ta‟minlash; 
- jamiyatda ma‟naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy 
etish hamda qonun ustuvorligini ta‟minlash zarurdir. 
XXI asrda davlatimizning ravnaqi, uning kuchi hamda salohiyati ko„p 
jihatdan xalq ma‟naviyatining yuksakligi va pokligiga, yoshlarimizning intellektual 
savodxonligiga, ular ongi, ichki dunyosi va qalbida milliy g„oyaning rivojlanganligi 
bilan chambarchas bog„liqdir. Bunda esa internet tizimining ijtimoiy tarmog„idan 
tarqatilayotgan turli xil yot g„oyalarga qarshu mafkuraviy immunitetining 
nechog„liq shakllanishiga bevosita aloqadordir. 

Download 55.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling