yo’l uch bosqichdan iborat”, degan fikrni ilgari suradi. YA’ni qishloq xo’jaligi, sanoat hamda
hozirgi axborot tamaddunlari. Tabiiy savol tug’iladi: xo’sh, keyin-chi? Insoniyat to’rtinchi to’lqin
davrini ham boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot shiddati bashariyatni
qayerlarga olib boradi? O’zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan taraqqiyot cho’qqilarida omon
qolish hamda yashash epini topa bilamizmi?
Sog’lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to’rtinchi to’lqin axborot odobi,
madaniyati
tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to’g’ri hamda
oqilona chora ekanligini
ko’rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji,
farog’ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog’liq bo’lib qoladi.