Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari
Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib ko’rsak
Download 236.63 Kb. Pdf ko'rish
|
BT 4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan
- «Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud.
- Birinchi
Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib ko’rsak:
ularning 421 ming nafari «Odnoklassniki.ru», 129 mingga yaqini «Fasebook» saytida, 165 mingdan ortigi «Moy mir», 250 mingdan ziyodi esa «Vkontakte.ri» saytining doimiy foydalanuvchilari xisoblanadi. Vaxolanki, Rossiya IIV tomonidan «Vkontakte.ru» sayta Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq sifatida tan olingan, 1 Karimov I. A. YUksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.115-6. 2 AKT: tezkor, kulay va vlgor// Xalk suzi. - 2012. - 24 aprel. 2 Aloqa va axborotlashtirish masalalari mukokamasi //Xalq so’zi. - 2012. - 24 iyul. «Odnoklassniki.ru» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham pornografiya va shafqatsizlikni targ’ib etuvchi resurslar mavjud. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog’ida o’z joniga qasd qilishning oson yo’llarini targ’ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga ega 4 mln.dan ziyod saytning mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, dunyodagi bolalar va o’smirlarning 42 foizi «onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. YOki kompyuterlarga kiritilgan o’yinlarniig 49 foizi zo’ravonlik va yovuzlikni, beshafqat urushlar, otishmalar, portlashlarni targ’ib qilishi nimadan dalolat beradi? Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yo’naltirilgan bo’lib, xalkimizning ma’naviy xazinasi bo’lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi yuksak fazilatlarimizga tajovuz qilib, ko’p ming yillik milliy qadriyatlarimizning ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap. Evropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir davlatning o’z huquqiy-me’yoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber jinoyatlar to’g’risida”gi Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet to’g’risida”ti yevropa Itgafoqi parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi ilg’or davlatlarda voyaga yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar shular jumlasidandir. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo’lmaydi. Bu hususda yana prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat o’quv dargohlarida, balki radio – televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang – barang axborot va ma’lumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma deb, bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’lda hech qachon qaytmaymiz” 3 . XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot oqimining kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no kasb etayotir. Ba’zi yoshlar o’zining bilim olish va hayotga munosabatini belgilashda ota – ona, ustoz – murabbiyini emas, OAV hamda internetni avtoritar sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va ma’lumotlarni mutloq chin deb ishonishi tashvishlanarli holdir. Bugun xaqiqatni uydirmadan ajrata olmaydigan, bu boradagi hali tajribasi ham bo’lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va tasavvurlarini asosan ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish hamda qayta ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib, foydalanuvchilar soni ortayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirmoqda. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida qaraladigan internetning ko’proq yoshlar kiradigan saytlarini tubdan 3 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.114-6. yangilash zarur. Sababi — sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak ma’naviyat, pok axloq asosida o’g’il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi. “Ommaviy ma’daniyat” niqobi ostida g’arbona kiyinish, g’arbona muomala singari milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga zid g’oyalar yoshlarimiz ongini zaharlashiga loqayd qarab turib bo’lmaydi. SHuning uchun, ayniqsa, ta’lim tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog’lom tarzi talablariga mos ravishda giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi kurashga oid axborotu ma’lumotlar bilan boyitish, yangilash zarur. YOsh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. Dunyoda yoshlar kamoli haqida qayg’urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun jon koyitmaydigan davlat topilmasa kerak. YOshlar har bir millatning davomchilari bo’lishi barobarida, davlatning tayanchi, kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham borki, ular o’z qarashlarini singdirish yo’lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. Vunday kuchlarning ko’lida insoniyat ongining mahsuli bo’lgan eng yuksak texnologiyalar, usullar ham qurol vositasini o’tayotganligi barchani tashvishga soladi. Ayniksa, hozirgi davrda internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy ta’sir kiluvchi axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g’oyalar asosida shakllantirilgan materiallar ham uchrab turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg’unchi g’oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g’oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g’arb hayot tarziga xos, o’zbek mentalitetiga zid odatlar va ko’nikmalarni targ’ib etadi. Bu ayniksa, g’arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ’ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin. Download 236.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling