Ijtimoiy tarmoqlarning zararli oqibatlari
Download 29 Kb.
|
IJTIMOIY TARMOQLARNING ZARARLI OQIBATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy-joy va kommunal xizmati
IJTIMOIY TARMOQLARNING ZARARLI OQIBATLARI Ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi aholiga maishiy ahamiyatga ega xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi faoliyat turlari majmuidan iborat bo`lib, ular jumlasiga ta`lim, madaniyat, sog`liqni saqlash, uy-joy kommunal xo`jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, ijtimoiy xizmat ko`rsatish va boshqalar kiradi. Ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish va iste`mol qilish natijasida ma`naviy boy va jismoniy sog`lom kishilarni shakllantirish imkoniyati kengayadi. Mazkur majmuaning O`zbekiston iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda. Bu eng avvalo, uning YAIM va jami bandlardagi ulushining o`sayotganligida o`z aksini topadi. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida band bo`lgan jami aholining 21,1 foizi ijtimoiy-madaniy tarmoqlar majmuasi hissasiga to`g`ri kelgan. Ijtimoiy sohaning samarali ishlashi uning barcha asosiy tomonlari kompleks rivojlantirilishiga bog`liq. Aholi uchun ularning hammasi ham bir xilda ahamiyatli emas. Bular orasida uy-joy qurulishi muhim soha hisoblanadi. Uy-joy fondi shunday asosiy jihatki, ijtimoiy sohaning boshqa bo`g`inlari va tomonlarini rivojlantirish hamda joylashtirish shunga asoslangan holda rejalashtiriladi. Uy-joy va kommunal xizmati murakkab va ko`p tarmoqli bo`lib, aholi turmush sharoitining rivojlanishiga bevosita hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishiga bilvosita ta`sir ko`rsatadi. Uy joylardan foydalanish (shu jumladan, joriy ta`mirlash), uy-joylar orasini va atrofini ko`kalamzorlashtirish, aholi yashaydigan hududlardagi barcha muhandislik vositalari (suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, gaz, elektr quvvati bilan ta`minlash, isitish, yo`l-ko`chalarni tozalash, ko`priklar va hokazo) ana shu tarmoqqa kiradi. Uy-joy va kommunal xo`jalik xizmatida nomoddiy ishlab chiqarishda band bo`lgan aholining anchagina qismi ishlaydi. Jami uy-joy fondi 373,5 mln m2 ni tashkil etadi. Uning 142,1 mln m2 yoki 38 foizi shaharlarda joylashgan (2006 y). Respublika bo`yicha aholi jon boshiga o`rtacha 14,4 m2 uy-joy to`g`ri keladi (shu jumladan qishloqlarda 14,1 m2). Shahar uy-joy fondi markazlashtirilgan suv ta`minoti bilan 88,6 % (1995 yilda 71 %), kanalizatsiya bilan 50,8 % ta`minlangan. Respublika uy-joy fondi 98,0 % gazlashtirilgan. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling