Ijtimoiy tarmoqning xavotirli jihati


Qur’oni Karimda ko’r-ko’rona ergashib ketish qattiq qoralangan


Download 13.43 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi13.43 Kb.
#1161614
1   2   3
Bog'liq
Social Media cevirma

Qur’oni Karimda ko’r-ko’rona ergashib ketish qattiq qoralangan:
(Arabcha matni)
Ayt: “Agar nopokning ko’pligi seni ajablantirsa ham, nopok pok bilan teng bo’la olmas.”


Va albatta:
(Arabcha matni)

Va agar sen yer yuzidagilarning ko’plariga itoat qilsang, seni Allohning yo’lidan adashtirurlar.”




Bu aynan bugungi holatimizga tegishli va juda muhim.


Ya’ni, hissiyotlar asrida….


-“Men aytardimki, bugun bizning asrimiz, hissiyotlar asridir…”
Endi odamlarning katalak otgan istaklari-yu, hissiyotlari haq va botilni belgilab beradigan mashhur yo’lga aylandi. Biz bu holatda juda ham xushyor bo’lishimiz kerak. Biz Qur’onda aynan nafsga ergashish haqida qattiq ogohlantirilganmiz, lekin afsuski, xohish-istaklar bugun aynan juda ko’p insonlarning moral qadriyatlari uchun asos bo’lib qoldi.
Ayonki, bugun katta maydonda mashhur bo’lgan va yaxshi kutib olingan narsa ertaga yana o’zgaradi. Bugun sizga katta auditoriya va odamlarning roziligini olib keladigan har qanday ish ertaga sizni rad etadi. Shuning uchun ham biz musulmonlar uchun ijtimoiy tarmoq va algoritmga yoqish yoki boshqa yashrin niyatlarsiz o’zligimizni rivojlantirish juda ahamiyatli. Biz yovvoyi tarmoqqa o’zimizni otishdan avval ildizlarimizni mustahkamlashimiz kerak. Biz dinimiz Islomni o’rganishimiz, musulmonlar aslida kimlar ekanini tushunishimiz, prinsiplarimiz haqida chuqur bilimga ega bo’lishimiz zarur. Algoritmni mamnun qilishdan yiroq bo’lib, o’z qadryatlarimizni o’rganmog’imiz darkor.
Biz katta maydonlarda mashhur bo’lgan ko’plab dunyoqarashlar-u, faylasuflar, qandaydir fikrlar va gumonlar tomonidan o’qqa tutilamiz. Bu holatda musulmon inson sifatida ularga qanday munosabatda bo’lish kerakligini bilishimiz muhim. Albatta, ijtimoiy tamoqlarning o’zlikni anglashdagi ijobiy taraflarini inkor qilmayman, agar undan to’g’ri usulda foydalanilsa, yaxshi insonlar bilan aloqaga kirishilsa, ijobiy va foydali fikr mulohazalar bilan bo’lishilinsa albatta foydadan holi emas. Ammo xavf-xatarlar hamon ochiq ayondir va bu bizni xushyor qiladigan holatdir.


Alloh barchamizni qandaydir mashhurlikka emas balki Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashadiganlardan, har qanday auditoriya va algoritmni emas Allohning O’zini rozi qilishga intiladiganlarddan qilsin. Amiyn
Download 13.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling