Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi


Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar


Download 28.14 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi28.14 Kb.
#1481470
1   2   3   4   5
Bog'liq
PEDAGOKIKA VA PSIXOLOGIYA

Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar
Dunyoqarash – shaxsning shaxsligini (individ emas), uning ma’naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko’rsatuvchi kuchli motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o’zgarishi masalasi muhim masalalardan bo’lib, hamma vaqt va davrlarda ham o’ta dolzarb bo’lib kelgan. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar boshlandi.Ana shu islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri – ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bo’lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a’zolari dunyoqarashini istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Davlatimizning yoshlar borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha xurfikrlilik bilan yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
  • Ma’naviyat va ma’rifat. Avvalo ma’rifat xususida. Bu – odamning tabiat, jamiyat va insonlar to’g’risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma’lumotlari majmui bo’lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun-mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o’qib, o’rganishi uchun yo’naltirilgan barcha turdagi ma’lumotlar (kitoblar, ommaviy – axborot vositalari orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar yangicha dunyoqarash uchun zamindir.

  • Mustaqillik yillarida eski, o’zini tarix oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g’oyasi, uning asosiy tamoyillari, yoshlarni ma’rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz rahbari I.A. Karimov asarlarida muxtasar, aniq bayon etilgan. Ular asosida mamlakatimizda yangi “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg’or ilm-fan yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o’rganish, zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni ma’rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say’i-harakatlar ma’naviyat borasidagi islohotlar, o’zbek madaniyati, san’ati, adabiyotini rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi.


Download 28.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling