"ijtimoiy va iqtisodiy fanlar" kafedrasi


Download 16.1 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1448015
  1   2
Bog'liq
Korporatsiyalar va axloq shahboz


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING


JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI

“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI


BIZNES ETIKASI” FANIDAN




MUSTAQIL ISH

MAVZU: Korporatsiyalar va axloq

Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Xudoyberdiyev.Sh

Qabul qildi: Muxtarov B.A.

Jizzax 2023



Reja:



  1. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi. Aksiyadorlar va manfaatdor shaxslar

  2. Korporativ axloq tushunchasi

Bugungi globallashuv jarayonlarida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro integratsiyasini faollashtirishda aksiyadorlik jamiyatlari ishtiroki tobora ortib bormoqda.


Ayniqsa, bozor munosabatlarining takomillashuvi va tezkor o‘zgarishlarning hozirgi davrida aksiyadorlik jamiyatlarining samarali moliya-xo‘jalik faoliyatini ular tomonidan puxta ishlab chiqilgan moliyaviy siyosati va uni amalga oshirish mexanizmisiz ta’minlab bo‘lmaydi. Bu aksiyadorlik jamiyatlarida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishda bugungi kunda jiddiy e’tibor qaratilayotgan muhim jihatlardan hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirish, ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlashga erishish, tashqi bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va bu borada ilg‘or xorij tajribalaridan samarali foydalanishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.
Bu borada respublikamizda 2017-2021 yillarda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida alohida belgilab berilgan.
Bozor iqtisodiyoti chuqurlashib borayotgan sharoitda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning xalqaro tajribalarni qayta tizimlash unidan O‘zbekistonda foydalanish bilan bog‘liq masalalar va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Qoʻyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
• korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyatini taqqoslama tarzda o‘rganish va tegishli ishlanmalarni shakllantirish;
• mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda korporativ boshqaruvni joriy etishning zarurligi va ahamiyati aniqlash;
• korporativ boshqaruvning xalqaro amaliyotidagi tajribalari o‘rganiladi va ular qayta tizimlanadi; • mamlakatimiz mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida korporativ boshqaruvning holati va rivojlanishi tendensiyalar o‘rganiladi;
• korporativ boshqaruvning xalqaro tajribalarini ijobiy jihatlari aniqlanadi va ulardan foydalanish yo‘llari aniqlab beriladi;
• O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston respublikasida 1996 yil 26 apreldagi N 223-I sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunida ko‘rsatilganidek, Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga qo‘yidagilar kiradi:
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
- Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);
- Ijroiya organi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir. Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini (Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishini) o‘tkazishi shart.
Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek ushbu Qonun 65- moddasining birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana va uni o‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida Aksiyadorlarga xabar berish tartibi, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida Aksiyadorlarga beriladigan materiallar (axborotlar) ro‘yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.
Umumiy yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rishda va uni o‘tkazishda ko‘p uchraydigan xatolar:
- Amaliyotda umumiy yig‘ilishning o‘tkazilishi haqidagi xabarni Aksiyadorlarga etkazish bo‘yicha minimal talablarga rioya qilinmaydi;
- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda tartibot muddatlari buzilmoqda. Masalan, me’yoriy talablarni buzmasdan yillik umumiy yig‘ilishni 10 martgacha o‘tkazish juda qiyin;
- Umumiy yig‘ilishni chaqirishda Aksiyadorlarga tanishish uchun beriladigan axborot(material) ro‘yxatining to‘liq bo‘lmasligi.
- Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi masalalarning noaniq ifodalanishi va bir masala doirasida turli yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha ovozga qo‘yish, hamda kun tartibiga “har xil masalalar” kiritilishi.
Aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig‘ilishini chaqirishdagi, tayyorgarlik ko‘rishdagi, o‘tkazishdagi, ovozlarni hisoblashdagi xato va qonun buzilishlar jamiyatda korporativ boshqaruvning samaradorligini pasaytiradi, chunki:
- Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari ustidan Aksiyadorlarning nazorati susayadi;
- Ijroiya organi samaradorligi pasayadi, uning Aksiyadorlar manfaatlariga zid harakat qilishining ehtimolligi oshadi;
- Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasining faoliyati “xo‘ja ko‘rsin”ga olib boriladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi Aksiyalarning egasi bo‘lgan Aksiyadorlar soni o‘ttiz kishidan kam bo‘lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish masalasini hal etishga vakolati bo‘lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o‘z aksini topishi kerak.


Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling