"ijtimoiy va iqtisodiy fanlar" kafedrasi
Download 32.18 Kb.
|
tahlil 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH MAVZU
- Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahlili
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI “PSIXOLOGIYA” FAKULTETI “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIY TAHLIL” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: Asosiy vositalar holati va ulardan samarali foydalanishni tahlili Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Axmedov.N Qabul qildi: Azimov.Y Jizzax 2023 Reja: Korxonada asosiy vositalarni belgilar bo‘yicha tasniflash Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari Asosiy vositalarni samarali foydalanish Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahlili Asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatida uzoq yillar qatnasha- digan, o‘z boshlang‘ich qiymatini ishlab chiqanlayotgan mahsulotlar tar- kibiga yoki moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadigan xarajat obyekt- lariga o‘zining belgilangan xizmat muddati davomida bo‘lingan tartibda o‘tkazadigan hamda jismoniy shaklini o‘zgartirmaydigan mehnat qurol- laridir. Shunmgdek, asosiy vositalar korxonaga mulkiy jihatdan tegishli, kelgusida iqtisodiy naf keltirishi kutilayotgan hamda xizmat muddati uzoq vaqtni tashkil etadigan aktivlar jumlasiga kiradi. Korxonada asosiy vositalami quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin. Ishlab chiqarish jarayomda qatnashuviga qarab: aktiv asosiy vositalar; passiv asosiy vositalar. Tarmoq bo‘ysunuviga qarab: sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari; boshqa tarmoq asosiy vositalari; noishlab chiqarish asosiy vositalari. Foydalanishiga qarab: foydalanishdagi asosiy vositalar; foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar Turi bo‘yicha: binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, mashina va uskunalar, transport vositalari, asbob-uskunalar, xo‘jalik inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar. Mulkiy egaligiga qarab: o‘ziga tegishli asosiy vositalar; ijaraga olingan asosiy vositalar. Tahlil uchun zarur boigan ma’lumotlar 3-shakl «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot» shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maq- sadlari uchun foydalaniladi. Asosiy vositalami o‘rganishda ularning texnik holat va harakat ko‘r- satkichlariga muhim ahamiyat beriladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi: asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi; asosiy vositalarning eskirish darajasi. Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali; Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1 ga, foizda 100 teng bo‘ladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ulami tartiblash bo'yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foyda- lanishdan olib qo'yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qara- tiladi. Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1- shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida hisobot» shakllaridan olinadi. 7.4-jadval Download 32.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling