Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENT VA MARKETING NAZORAT ISHI yaponya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAFEDRASI SIRTQI BO’LIMI MENEJMENT VA MARKETING FANIDAN
- 923-20 guruh talabasi: Andayeva.SH Qabul qildi: Muxtorov.B
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI SIRTQI BO’LIMI MENEJMENT VA MARKETING FANIDAN Mavzu:Marketingning xorijiy tajribalari va undan o’zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari – Yaponiya misolida 923-20 guruh talabasi: Andayeva.SH Qabul qildi: Muxtorov.B JIZZAX-2023 Reja: Kirish 1. Xorijiy marketing tushunchasi va mohiyati 2. Xorijiy marketingning o’ziga xos xususiyatlari 3. O’zbkistonda xorijiy tajribalardan foydalangan holda marketingdan foydalanish. 4. Yaponiyada marketing tendentsiyalari va imkoniyatlari 5. O’zbekistonda ijodiy foydalanish imkoniyatlari – Yaponiya misolida Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mamlakatimizda bugungi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tovarlar ulushini ko‘paytirish hamad jahon bozorida mustahkam o‘rin egallash bo‘yicha iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida eksportni oshirish bo‘yicha, “...eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini2 ta’kidlab o‘tdi. Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida korxonalarning tashqi bozorga chiqishda Xorijiy marketingdan samarali foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishida faol marketing, o‘sish, differensiatsiya, fokuslashgan, Xorijiy segmentlash va raqobatchilik strategiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar nafaqat ichki bozorni, balki tashqi bozorni egallashga, unda tayyor raqobatbardosh maqsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling