Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya
Tarixi va tabiiy resurslari
Download 176.47 Kb.
|
Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Iqtisodiy geografik o’rni va tabiiy boyliklari.
1.1.Tarixi va tabiiy resurslari
Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni mamlakatda yetishtiriladigan paxta yalpi hosilining 1/4 qismini beradi. Rayonda agrosanoat majmuyi yuksak darajada rivojlangan. Jami ekin maydonining salkam 45 foiziga paxta, deyarli shuncha maydonga donli ekinlar ekilmoqda. Polizchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mirzacho‘l qovunlari O‘zbekistondan tashqarida ham mashhurdir. Chorvachilikda qorako‘l qo‘ylarining salmog‘i katta. Qorako‘l qo‘ylari rayonning shimoli g‘arbidagi cho‘l yaylovlarida boqiladi. Chorvachilikning yanada rivojlanishi yem-xashak ekinlari, ayniqsa, beda va makkajo‘xori maydonining kengayishiga bog‘liq. Donli ekinlar yetish tiriladigan joylarda parrandachilik rivojlangan. Endilikda rayonda sanoat ham tez sur’at bilan rivojlana boshladi. Elektroenergetika, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivoj- landi. Sirdaryo IESning elektr quvvati iqtisodiy geografik rayondan tashqariga ham chiqarilmoqda. Transporti. Avtomobil transporti yuksak darajada rivojlangan. Avtomobil yo‘llarining yalpi uzunligi 12 ming km dan oshadi, shundan deyarli 10 ming km qattiq qoplamali yo‘llardir. Katta O‘zbek Traktining iqtisodiy geografik rayon hududidan o‘tishi uning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etadi. Temiryo‘l hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan. Uchburchakning Jizzax, Sirdaryo va Xovos uchlaridan yo‘llar boshqa viloyatlarga taralib ketgan. Hudud bo‘ylab magistral gaz quvurlari kesib o‘tgan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hududni tekis qoplagan Havo transporti Jizzax aeroporti orqali rayonni boshqa rayonlarga bog‘laydi. 1.2.Iqtisodiy geografik o’rni va tabiiy boyliklari. Sirdaryo viloyati Mirzacho’l iqtisodiy rayonining shimoli-sharqiy hududini egallagan holda qulay iqtisodiy geografik mavqega ega. Bunday qulaylikni Toshkent viloyati, Zarafshon va Farg’ona vodiylariga qo’shniligi, magistral transport yo’llarining o’tganligida ko’rish mumkin. Shuningdek, shimoldan Janubiy Qozog’iston, janubdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradoshligi uning alohida geosiyosiy ahamiyatga egaligini ham bildiradi. Sirdaryo viloyati er usti tuzilishi uncha murakkab bo’lmagan holda foydali qazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilish materiallarida ishlatiladigan g’isht ishlab chiqarish uchun xom ashyoni hisobga olmaganda deyarli boshqa boyliklari yuq.Hududining aksariyat qismi tekisliklardan iborat bo’lib, Jizzax viloyatidan farq qilgan holda u sug’orma dexqonchilik qilishga yaxshi sharoit yaratadi. Ammo umumiy er fondi nafaqat iqtisodiy rayonda, balki Respublikada ham nisbatan kichik hisoblanadi.Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo’lib, u 210-228 kunga etadi. Iqlimining issiqligi, vegetatsiyaning uzoqligi issiqsevar ekinlar etishtirish uchun qulay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u hudud erlarini sug’orishga xizmat qiladi. Respublikamizdagi gaz bilan ishlaydigan eng yirik, quvvati 3000 mVt bo’lgan Sirdaryo IES viloyatning Shirin shaxrida qurilgan.Sirdaryo viloyatidagi o’ziga xos tabiiy-iqtisodiy geografik omillarning mavjudligi xo’jalikning sug’orma dexqonchilik va shu asosda ba’zi tarmoqlarning rivojlanishiga olib kelgan.Aholisi va mehnat resurslari. Viloyat Mirzacho’l iqtisodiy rayoni aholisining 39,6 foizini o’zida mujassamlashtirgan. Aholining soniga ko’ra mintaqalar ichida Navoiy viloyatidan keyin oxirgi o’rinda turadi. Zichligi xar 1 km2 ga 127,3 kishi. Mazkur ko’rsatkich tumanlar doirasida quyidagicha taqsimlangan.Sirdaryo aholisining zichligi Jizzax viloyatinikiga qaraganda 2,6 marta yuqori. Buni maydonining kichikligi va uning barcha qismini yaxshi o’zlashtirilganligi bilan izoxlash mumkin. Xovos, Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida aholining soni xar birida 50 ming kishiga ham etmaydi. Qolgan oltita tumanining aholisi viloyat umumiy aholisining 60,9 foiziga teng. Guliston, Yangier va Shirin kabi shaxarlarning aholisi esa 22,2 foizni tashkil qiladi. Viloyat markazi - Guliston shaxrining aholisi 55 ming kishidir.Mamlakat mintaqalari ichida Sirdaryo viloyatining aholisi kam sonli bo’lsada, bu erda tabiiy ko’payish o’ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, 2000 yil yakunlariga ko’ra, aholining tabiiy ko’payish ko’rsatkichi xar ming kishiga 16,6, tug’ilish koeffitsienti esa 22,1 va o’lim 5,5 promillega teng bo’lgan. Mazkur jarayonlarning hududiy farqlari deyarli sezilmaydi. Masalan, tug’ilish Sh.Rashidov (25,2%o)g Sayxunobod (25,4%0), Mirzaobod (24,3°G’00), Boyovut (24,6%0) va Guliston (23,3%o) tumanlarida viloyat o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori bo’lsa, boshqa tumanlarda u aksincha, pastroq o’lim darajasi shaxar joylarda nisbatan baland bo’lib, u 6 - 8 promilleni tashkil etadi. Mazkur ko’rsatkich, Sirdaryo tumanini (7,0%) hisobga olmaganda, qolgan barchasida viloyatning o’rtacha darajasidan past.Aholining mexanik xarakati bu viloyatga ma’lum yillarda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan bo’lsada, xozirda uning ahamiyati ancha kamaygan.Viloyat aholisining 32,2 foizi shaxar joylarda yashaydi. Mavjud 5 ta shaxaridan nisbatan yiriklari Guliston, Yangier va Shirin shaxarlari hisoblanadi. Umuman olganda esa bu erda tom ma’nosidagi yirik shaxar yuqMirzacho’lni o’zlashtirishda Sirdaryoga qo’shni viloyatlar o’zining ishchi kuchi va malakali kadrlari bilan katta yordam ko’rsatishgan. Hozirda viloyat o’z mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mehnatga layoqatli aholining soni, 2001 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko’ra, 306,6 ming kishi yoki jami viloyat aholisining 47,2 foiziga teng. Halq xo’jaligi tarmoqlarida barcha mehnatga layoqatli aholining 246 mingi, ya’ni 80,2 foizi band.Statistika ma’lumotlariga binoan, rasman ishsiz deb tan olingan shaxslar soni 991 kishini tashkil etadi (2001 yil). Ammo «yashirin» ishsizlarni ham hisobga olinadigan bo’lsa, yuqoridagi ko’rsatkich ancha kam.Mehnat resurslaridan foydalanishdagi muammolarni inobatga olib, qishloq joylarda 2000 yilda 4.6 ming qo’shimcha ish o’rinlari yaratilgan. Mehnat resurslari sonining yildan-yilga oshib borishi natijasida viloyatda yangi ish o’rinlarini ko’paytirish asosiy muammolardan biri bo’lib kolmoqda. Xo’jaligining umumiy ta’rifi. Sirdaryo viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida asosan paxta etishtirishga ixtisoslashgan. Shu bilan birga viloyatda turli xil mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari ham mavjud. Kishloq xo’jaligida paxtachilik majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning rivojlanganligini alohida ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, poliz ekinlari etishtirish, g’alla va chorvachilik mahsulotlari bilan mintaqalar ichida alohida ajralib turadi. Download 176.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling