Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti


Raqobatlashish usullari: narx vositasida va narxsiz raqobat


Download 55.7 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi55.7 Kb.
#1492686
1   2   3
Bog'liq
Variant №6 Undirma sanoat va qurilish uchastkalaridan olinadigan

3.Raqobatlashish usullari: narx vositasida va narxsiz raqobat.
Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish hamda naflilikning eng yuqori darajada yetkazish maqsadida bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to`qnashishidir.
Raqobatning vazifalari:
Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirishimkonini beradi.
Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .
Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne`matlar yalpi hajmining iste`molchilar o`rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir o`tkazadi.
Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka yo`naltirilgan.
Raqobat shakllari:

  1. Ishlab chiqaruvchi larning bozordagi mavqeiga ko`ra.

Sof yoki erkin raqobat;
Sof monopoliya;
Monopolistik raqobat;
Oligopoliya.

  1. Miqyosiga ko`ra:

Tarmoqlar ichidagi raqobat;
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat;
Millliy xo`jalik doirasidagi raqobat;
Jahon xo`jaligi doirasidagi raqobat.

  1. Sodir bo`lish xarakteriga ko`ra:

Tartibsiz (stixiyali) raqobat;
Tartibga solinadigan raqobat

  1. Amalga oshirish usuliga ko`ra:

Narx vositasidagi raqobat;
Narxsiz raqobat.

  1. Amalga oshirish yo`liga ko`ra:

Xalol raqobat;
G`irrom raqobat.
Raqobatning narx vositasidagi va narxsiz raqobat usullari farqlanadi. Narx vositasida raqobatlashuv – bu muayyan mahsulotlar narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shu turdagi mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishga asoslangan raqobat usuli. Narxsiz raqobat – raqobat kurashining asosiy omili bo‘lib tovarning sifati, servis xizmat ko‘rsatishi, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanuvchi kurash usuli. INSOFSIZ RAQOBAT Raqobatlashuvning noiqtisodiy usullaridan foydalanish insofsiz raqobat deb yuritiladi. Ularga jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish, iqtisodiy resurslar manbalaridan mahrum etish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish kabilar kiradi.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan pastbo‘lib, mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning nafliligi, sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo’lgan. Bu usulni qo’llash uchun korxona boshqalarnikidan ko’ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, bu narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o’zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi raqobat usullari o’rnini narx bilan bog’liq bo’lmagan usullar egallay boshlaydi. Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi.
Yirik korporastiyalar narxni tushurish yordamida raqobatchisini bozordan o’zi ziyon ko’rmagan holda siqib chiqarishi amrimahol bo’lganidan, u bozordagi vaziyatni o’zgartirish uchun o’zining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli, hatto inqiroz davrlarida ham, narxlar barqarorligicha qolaveradi.
Narxsiz raqobat monopoliyalar bor joyda ham muhim o’rin egallaydi, chunki:
1) narxni pasaytirish tovar sotishni ko’paytirish imkonini bermaydi, chunki raqib ham narxni pasaytirishya mumkin, bundan hech kim yutmaydi. Bas, shunday ekan, tovar sifatini oshirish, savdo xizmatini yaxshilash yo’liga o’tiladi, bu bilan tovar sotishni ko’paytirish mumkin;
2) yirik firmalar kuchli bo’lganligi sababli mahsulotyai yangilash, uni modernizastiyalash va reklamaga katta pul sarflay oladilar.
Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarining qo’llanishi o’zaro kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko’proq yashirin tus olmoqda, ya’ni tovarlar e’lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo’llanadi. Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan raqobat qilish po’lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo’jalik mahsulotlari bozorlariga xosdir.
Download 55.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling