4. Bozor infratuzilmasi va uning usullari. - Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o`rnatish ularning bir maromda amal qilishini ta`minlashga xizmat ko`rsatuvchi muassasalar.
- Broker (makler) lar – bu tovar, fond va valuta birjalarida oldi –sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firmalar.
- Auksionlar – alohida xususiyatlarga ega bo`lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasi.
- Auditorlik firmalari – korxonalarning moliyaviy – xojalik faoliyatini tekshirib va ular hisobotini ekspertizadan o`tkazib beruvchi mustaqil axborot xizmati muassasalaridir.
- Savdo firmalari – tijorat ishini yurituvchi ulgurji va chakana savdo korxonalaridir. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o`z mulkiga sotib olib, keyin iste`molchilarga sotadi. Chakana savdo korxonalari mustaqil do`konlar, maxsus savdo shaxobchalari va supermarketlardan iborat bo`ladi.
- Universal birjalar – har xil tovarlar bilan savdo –sotiq qiladi.
- Ixtisoslashgan birjalarda – ayrim turdagi yoki bir guruhga kiruvchi tovarlar sotiladi.
- Tovar birjasi – namuna yoki andozalar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo – sotiq ishlarini o`tkazuvchi tijorat muassasasi.
- Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo`g`inlarga ajratish. Unga ikkita sabab asos bo`ladi:
- Iste`molchilarning ijtimoiy – iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijadasida ular talabining o`zaro farqlanishi.
- Alohida tovar ishlab chiqarishning tabaqalanishi.
- Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari:
- I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi.
- II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.).
- E`tiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |