Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Tuzuvchi: Topivoldiyeva Kamolla


Download 1.8 Mb.
bet1/6
Sana11.11.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1767415
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari

Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.

Tuzuvchi: Topivoldiyeva Kamolla

Reja:

1. “Ijtimoiylashuv” va uning mexanizmlari, agentlari, vositalari, omillari.

2. Ta’lim-tarbiya bola (o‘quvchi) shaxsni ijtimoiylashtirish omili sifatida.

3. Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi.

Ijtimoiylashuv tushunchasi.

"Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi ma’nosini anglatgan. "Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir” degan fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo bog‘lanuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. 

Ijtimoiylashuv tushunchasi.

  • Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini tahlil qilish uni, shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi: — subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons); — subyektiv-subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi.

Ijtimoiylashuv jarayoni

  • Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling