Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” kafedrasi
Download 116.21 Kb.
|
IT 2Mi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili Topshirdi: 140-20 -guruh talabasi: A.Aliyev
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “Psixologiya” FAKULTETI “Ijtimoyi va iqtisodiy fanlar” KAFEDRASI “Iqtisodiy tahlil” FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili Topshirdi: 140-20 -guruh talabasi: A.Aliyev Qabul qildi: Yu.Azimov Jizzax-2023Mavzu : Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili Reja: 1. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash. 2. Bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash; b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili. Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili:
Korxonada mahsulot ishlab chiqrish rejasi: 2015 yilda 108.07 %ga; 2016 yilda 105.2 %ga; 2017 yil 105.8 % ga bajarilgan. Kompleks iqtisodiy tahlilga oid ayrim manbalarda mahsulot hajmini o‘sishi mahsulot hajmini indeksi deb ham ataladi. Bu ko‘rsatkich korxonaning rivojlanish dinamikasini ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili:
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik o‘zgarishlari 2016-yil 2015-yilga nisbatan 159814 ming so‘mga o‘sgan, 2017-yil 2016-yilga nisbatan 89430 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga nisbatan 249244 ming so‘mga ortgan. Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim. Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin: - oliy sifat kategoriyasi; - birinchi sifat kategoriyasi. Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi. Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Mahsulot sifatining tahlili:
1. O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:
2. Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi:
Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo. Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir. Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir. Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili:
Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi: 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. Shu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi: 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2008. 2.“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Toshkent sh., 2012 yil 2 may, O’RQ-328-son. 3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698- sonli Qarori. 4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5583- sonli Farmoni. 5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 01.02.2017 yildagi PQ-2750-sonli Qarori. Download 116.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling