Ijtimoyi va kognitiv marketing turizm marketing turi sifatida
Marketing xizmatining tashkiliy tarkibi
Download 0.77 Mb.
|
IJTIMOYI VA KOGNITIV MARKETING TURIZM MARKETING TURI SIFATIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turistik korxonada marketing xizmatining mintaqaviy tashkiloti
- Marketing xizmati tashkiliy tuzilishning kuchli va zaif tomonlari
3. Marketing xizmatining tashkiliy tarkibi
Marketing bo’limini shakllantirishdan oldin marketing xizmati qanday vazifalarni va masalalarni amalga oshirishi mumkinligini aniqlash zarur. Bunday vazifalar va maslahatlar va masalalarning namunaviy ruyhati jadvalda keltirilgan. Marketing xizmatining vazifalari va yechiladigan masalalari
Marketing bo’limlarni tashkil etish shakllari haddan ko’p. Turistik korxona faoliyatining tavsifi va miqyosga ko’ra marketingli har xil tashkil qilishi mumkin. Bu yerda har tomonlama model yo’q. Har qanday vaziyatda korxona rahbari marketing xizmati oldida qo’yiladigan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, korxonaning tashkiliy tuzilishida uning o’rnini belgilaydi. Turistik korxonada marketing bo’limi tashkiliy tuzilishining qo’yidagi asosiy variantlari bo’lishi mumkin: 1. Marketing xizmatining vazifasining tashkil etilishi har bitta vazifani bajarish uchun ma‘suliyat aniq shaxsga yoki shaxslar guruhiga topshirilishini ko’zlaydi. Bu tuzilish tovarlar va bozorlar miqdori kam bo’lgan holatda maqsadga muvofiq bo’lar edi. Servis va turizm sohasi korxonalarida bu marketing faoliyatini tashkil etishning eng ko’p tarqalgan shakli. Marketing bo’limi rahbari Marketing Marketing Turmahsulotni Sotish tadqiqotlari kommmunika- b o’yicha yaratish bo’yicha bo’yicha Siyalari bo’yicha mutaxassis menejer mutaxassis menejer Turistik korxonadagi marketing xizmatining vazifali tashkil etilishi Mahsulot tamoyillasiga ko‘ra marketing xizmatining tashkilotiHar bir turfirmaning yakka xususiyatlariga ko’ra (korxonaning katta – kichikligi va marketing u yoki bu vazifasining bajaradigan roliga) bog’liq holda rasmda keltirilgan tuzilish o’zgarishi mumkin. 2.Marketing xizmatining mahsulot tashkiloti turistik mahsulotlarning alohida turlarini tavsiya etishiga katta e‘tibor beradi. Turistik mahsulotning har bir turi (mahsulot guruhi) bo’yicha bu mahsulot marketing vazifalarini bajaruvchi xodimlar bo’linmasidan boshqaradigan o’z rahbari bor, ya‘ni mahsulot tashkiloti vazifasini almashtirmaydi, faqat boshqarishning qo’shimcha darajasi bo’lib xizmat qiladi. Marketing xizmatining bunday tashkiloti kompaniya xilma – xil mahsulot chiqaradigan va maxsus xizmatni tashkillashtirishni talab qiluvchi haridorlarning har xil guruhlarga qaratilgan vaziyatlarda maqsadga siljishini nazorat qilishga imkoni yo’q bo’ladi. Aniq tovar marketingi oxirgi yillarda katta ahamiyatga ega bo’lib qolmoqda, chunki rivojlangan bozor mamlakatlarda tovarning tabaqalanishi raqobat kurashida asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. Turistik korxonada marketing xizmatining mintaqaviy tashkilotiMarketing xizmatining mintaqaviy tashkiloti tarqalgan savdo tarmoqlariga ega bo’lgan yirik turoperatorlar tomonidan qo’llaniladi. Ular bajaradigan vazifasi doirasiga ko’ra mustaqil bo’ladilar va alohida milliy yoki mintaqaviy bozorlarda ish olib boradilar. Bunday tashkilot har bir aniq mintaqada tovar nomenklaturasi uncha yuqori bo’lmagan, haridorlar o’rtasida esa tafovutlar kuchli bo’lganda, samarali hisoblanadi. Korxonaning marketing bo’limi tarkibida barcha menejerlar geografik mintaqalar bo’yicha taqsimlangan bo’ladi. Bunday holat mintaqada bo’lgan vaziyatni aniq kurishga imkon beradi. Mintaqaviy marketingdan butun dunyoda mashhur bo’lgan qator kompaniyalar foydalaniladi. Yevropa lds kompaniyasining umumiy reklama buyudjetining yarmisi mintaqaviy farqlarni hisobga olgan holda taqsimlanadi: American Airlines aviakompaniyaning menejerlarga ma‘lumki, Chikago va AQShning janubiy-g’arbiy qismi aholisining talabi qishki oylarda muhim o’zgarishlarga uchraydi. 4. Aniq segmentni hisobga olishni tasavvur qiladigan, haridorlarga qaratilgan marketing tashkiloti. Undan foydalanish uchun barcha haridorlarni xohishlari va xulqi bo’yicha guruhlarga ajratish kerak. Bu tuzilish marketingni mahsulot belgisi bo’yicha tashkil qilinishiga uxshaydi va huddi o’sha modelning afzalliklari va kamchiliklarga ega bo’ladi. Barcha sharoitlar uchun muvofiq bo’lgan ideal tashkiliy tuzilishni topish mumkin emas. Marketing xizmatining keltirilgan har bitta shakli o’z afzalliklari va kamchiliklarga ega. Marketing xizmati tashkiliy tuzilishning kuchli va zaif tomonlari
Turistik korxonaning marketing tuzilishini tashkil etishda uni yaratishning asosiy tamoyillariga amal qilish kerak. Marketing tuzilishlari, agar korxona strategiyasini o’zgartiradigan paytda o’z tashkiliy shakllarini o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgandagina, egiluvchan hisoblanishi mumkin. Buning uchun, korxona demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnikaviy, siyosiy va madaniy omillari bilan ifodalangan tashqi muhit va ichki holati to’g’risidagi joriy axborotga ega bo’lishi kerak. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling