Ikki akademik soatlik dars ishlanmasi
Download 175.12 Kb.
|
Ish rejasi
Bumerang” metodikasi
Mashgulotni o’tkazish tartibi: o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. mustaqil o’rganishlari uchun matnlar tarqatiladi. Masalan: I shart “Bumerang” Aylana Behili palov Fargʻonacha yoki Samarqandcha palov uchun tayyorlanadigan zirvak pishiriladi. Behining tuki archilib, toʻrt pallaga boʻlinadi, urugʻi va zaha boʻlgan joylarini olib tashlanadi va zirvakka solib pishiriladi. Agar zirvak qovurma palov usulida tayyorlansa, unda behi boʻlaklari goʻsht va sabzi bilan birga qovuriladi, soʻng suv quyiladi. Mabodo ivitma palov usulida boʻlsa, u holda behi pallalari to chala pishguncha sabzi bilan birga mildiratib qaynatiladi, soʻng guruch solinadi. Qolgan jarayonlar yuqoridagi retseptlarda aytilgandek tayyorlanadi. Damlash muddati 25 daqiqa. Taom tayyor boʻlganda behi boʻlaklari ajratib olinib, palov yaxshilab aralashtiriladi, laganga solib, yuziga behilarni terib dasturxonga tortiladi Yoqimli ishtaha! Uchburchak Qovoqli somsa Omuxta yogʻ: qoʻyni charvi (ichak va pochka yoni) yogʻlari eritiladi. 100 gramm erigan qoʻy yogʻiga 50 gr qizdirilgan paxta yogʻi qoʻshiladi. Undan oʻrtacha yumshoqlikda shoʻr suvga oddiy xamir qilinadi va biroz tindirib qoʻyiladi. Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yogʻi kubik qilib toʻgʻraladi. Tuzi rostlanadi. Tingan xamir yupqa yoyilib, omuxta yogʻ surtiladi. Xamir rulet holiga keltirilib oʻraladi, uni muzlatkichga 1 soatga qoʻyiladi. Xamir muzlatkichdan olinib, boʻlaklarga boʻlinadi. Va boʻlakchalar cheti joʻvalanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl oʻrtasini joʻvalamaslikka harakat qilish lozim. Soʻngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Listga terilgan somsalar ustiga tuxum yoki qatiq surtib, murch sepiladi. Oldindan qizdirilgan gaz duxovkasida qizargunicha pishiriladi.Pishgan taomni sabzavotlar va albatta to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha! 3. To’rtburchak JAG’-JAG’LI (KO’KDAN) MANTI Jag’-jag’ oqar suvda yuvib tozalanadi, tomirlari kesib tashlanadi. Imkoni bo’lsa, jag’-jag’ning bir qismini 200 g ismaloq yoki 200 g otquloq yoki har ikkalasing kombinatsiyasi bilan almashtirish mumkin. Taom yanada mazali va vitaminlarga boy bo’ladi.O’tlar yirik qilib to’g’raladi, mayda qilib to’g’ralgan piyoz va dumba yog’i bilan aralashtirib, tuzi rostlanadi va ta’bga ko’ra ziravor qo’shiladi.Xamir yuqoridagi retsept bo’yicha tayyorlanadi, 1 mm qalinlikda qilib yoyiladi, kvadrat qilib kesiladi. Unga 1-2 choy qoshiqdan ko’kli nachinka qo’yib, an’anaviy usulda tugiladi.Yog’langan qasqon lappagiga terilib, 45 daqiqa davomida pishiriladi.Pishgan taomni sabzavotlar va albatta to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha! Qo'y go'shtini kerakli hajmdagi bo'laklarga bo'lasiz.Tuzdan tashqari barcha ziravorlarni go'shtga sepamiz va 20 daqiqaga marinadlab (shunchaki chetga olib) qo'yamiz. Agarda siz uzoqroq turishini xohlasangiz, unda sovutgichga solib qo'ying.Qozonda yog'ni qizdirib, go'shtni yaxshilab qizartirib olamiz.Go'shtga tuz sepamiz va qozondan olamiz. Kartoshkani avvalroq po'stini archib qo'yamiz. Go'shtni qovurgan yog'imizda kartoshkani ham solib, qovurib olamiz. Kartoshkani kam-kamdan solib, qizartirib qovursangiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Qovurish jarayonida tuz seping. Kartoshkani ustidan go'shtni teramiz va 20-30 daqiqaga dimlab qo'yamiz. Ehtiyojga qarab 50 millilitr suv solish mumkin. Pishgan taomni sabzavotlar va albatta to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha! Zina Maqollar yoki hikmatli so’zl;arni davom ettirish 1-zina Oldin o’yla keyin ______ 1 so’yla Yetti o’lchab ___ kes 2 bir Bola – loy, ona- ____ 3 kulol Dard ketar, odat ___ 4 qolar Suv bilan ekin o’sar, Tarbiya bilan - ___ 5 odat Tarki odat - amri ____ 6 mahol Yaramas odat ko’p bo’lar, Eng yomoni - ___ 7 kunchilik Xotin olsang, yoshidan ol, Jilovini ___ ol 8 boshidan Beshikda tekkan, kafanda _____ 9 ketar Buzuqi qarisa ham, g’amzasi ____ 10 qarimas Katta arava qaydan yursa, kichik arava shundan ___ 11 yurar Bog’ing bo’lsa, qo’ra qil, O’g’ling bo’lsa ___ qil 12 mulla Dars yakunlanadi va uyga topshiriq beriladi Uyga topshiriq: Inson tarbiyasiga salbiy ta’sir omillarni yo’qotish haqida fikringizni bayon qiling Download 175.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling