Ikki buyuk siymo
Download 23.13 Kb.
|
1 2
Bog'liqNavoiy va Bobur tadbiri
Ikki buyuk siymo Ikki buyuk siymo Alisher Navoiy va Mirzo Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir senariysi Maqsad :O’quvchilarda buyuk ajdodlarimizga nisbatan faxr hissini shakllantirish,dunyoqarashini kengaytirish,og’zaki nutqini rivojlantirish. Tadbir jihozi:videolavhalar,slaydlar,plakat va portretlar. Tadbirni mumtoz kuy ostida boshlovchilar boshlab beradilar. 1-b.Assalomu-alaykum aziz ustozlar,qadrli mehmonlar. 2-b.Bugungi kechamizni so’z mulkining sultoni,buyuk davlat arbobi,o’zbek tilining asoschisi Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud kunini munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirga xush kelibsizlar. 1-b.Hamda atoqli davlat arbobi ,buyuk sarkarda,jahon adabiyotida o’zining go’zal ruboiy va g’azallari bilan mashhur bo’lgan shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga ham bag`ishlaymiz (slayd namoyishi) 1-b.Har bir xalqning ,millatning nomini,shuhratini dunyoga yoyadigan buyuk farzandlari bo’ladiki,ular umrboqiydirlar,nomlari tillarda va dillarda abadiy abad saqlanadi. O’z yurtiga sig’may,Afg’on ,Hind kezdi. Toju-taxt,jangu –jadallar kezdi, Dunyoda yagona ‘’Boburnoma’’ yaratgan. She’riyat olamida tengsiz ham tanho G’azallarin o’ib Lutfiydir shaydo Qalamin tebratgan ikki til aro Qutlug’ yosh muborak Navoiy bobo Navoiy nazmiga tushdi-yu ko’zim Hayrat gulshanidaunutdim o’zim Buyuk tog’lar ichra bo’lib buyugim Suyuk tog’lar ichra bo’lib suyugim Navoiy ko’rinar ko’zimga mening Nafasi urilar yuzimga mening. 1-b.O’zbek adabiyotining asoschisi shoir,olim,ma’rifatparvar faylasuf ,davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomizning hayoti va ijodi haqida to’xtalib o’tsak. (slaydda tasvir beriladi ,o’quvchilar ma’lumot beradilar) Ozbek adabiy tilining asoschisi,adabiyotimizning so'nmas yulduzi ,buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9 – fevralda Hirot shahrida tavallud topganlar. Yosh Alisher bolaligidan o’tkir zehnli va ziyrak ,ilmga chanqoq bo’lgan 4-5 yoshdayoq o’qish va yozishni bilib olgan. Chunki Alisherning otasi G’iyosiddin kichkiona ham savodxon kishi bo’lib , o’g’lining ilmli bo’lishiga katta e’tibor qaratgan. Alisher 9 yoshga kirganda she’rlar yoza boshlagan.Navoiy bobomiz nafaqat ona tilini yaxshi bilganlar,balki fors,arab tillarini ham puxta bilganlar. Buyuk alloma o’zbek tilining javohir xazinasini benihoya boyligi ,badiiy nutq madaniyatining nihoyat darajada yuksakligini o’zbek tili Go’zallligini , nafisligini o’z g’azallarida to’la namoyan etganlar. 1-b.Navoiy 15 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlarining diqqatini o’zga tortadi. Shunday ekan qisqacha lavha tomosha qilsak.Navoiy va Lutfiy suhbati 2-b.Endi esa navbatni buyuk bobomizni ulug’lovchi she’rlarga bersak 1.Assalom ,Navoiy , ey zoti kirom Gul qo’ygali keldik ulug’ naslingdan Har o’zbek qalbida mehru ehtirom Bizga yetib keldi sening asringdan 2.Noming mangu yashar bor ekan o’zbek Yuraklar ko’kida oftob singari Sen kezgan bo’stondan,ne tong gul uzdik Eu,o’zbek nazmining buyuk sarvari. 3.Ne men , butun ulus senga ta’zimda Sen bizga quyoshdek yuksak insonsan Qadring sarbalanddir mulki azimda Sen bizga padarsan, bizga sultonsan. Download 23.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling