Bolalik – beg`uborlik


Download 21.35 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi21.35 Kb.
#1258669
Bog'liq
BOLALIK-BEG`UBORLIK diktant matni


BOLALIK – BEG`UBORLIK
Bolalik! Naqadar beg'ubor, sershovqin, qiziquvchanlig-u soddadillikka to'la umr fasli bu. Bolalikni bahor fasliga o'xshatadilar. Haqiqatan ham bolalik o'zining barcha xislatlari bilan bahorni eslatadi. Siz, aziz bolajonlar, hozir umringizning eng go'zal, shirin, beg'ubor faslida yashamoqdasiz. Siz atrofingizda bo'layotgan barcha narsalarni kuzatib ulgurishga, uni tushunishga, o'rganishga, taqlid qilishga intilasiz. Sizning zavqlanishingiz ham, ranjishingiz ham juda oson. Biror narsadan xafa bo'lsangiz bormi, tezda ko'zingizga marjondek yosh keladi. Agar ko'nglingizni ko'tarib, tasalli berilsa, yana quyoshdek charaqlab ketasiz. Mana shu xislatlaringiz xuddi bahor havosini eslatadi.
Bolalikni bahorga o'xshatilishining yana boshqa sabablari ham bor. Ya'ni, kuzda ko'tariladigan xirmon bahorda sepilgan urug'ga bog'liq bo'lgani kabi, sizning qanday insonlar bo'lib yetishishingiz, albatta, bolalikda nimalarni o'rganishingiz, qanday odatlarga ega bo'lishingiz, odob-axloqni qay yo'sinda egallashingizga bog'liqdir. Mana shuning uchun ham sizning eng birinchi vazifangiz ota-onangizning, el-yurtingizning odobli farzandi bo'lishdir.
«Bola aziz, odobi undan aziz», - deydi dono xalqimiz. Bolalikdan boshlab shirinso'z, atrofdagi kishilarga nisbatan mehr-shafqatli bo'lish, rostgo'ylikka intilish, o'jarlik qilmaslik kabi odatlarga o'rganib borish lozimdir.

DONISHMAND USTOZ
Kunlardan bir kun ikki ota — biri katta boy, ikkinchisi bir kambag‘al o‘g‘illarini Ibn Sinoga shogirdlikka bermoqchi bo‘lishdi.
— Ey ulug‘ tabib, bolalarimizni tarbiyangizga olib, shogirdlikka qabul qilsangiz. Ibn Sinoning bir odati bor edi. Kim unga shogird tushmoqchi bo‘lsa, oldin sinovdan o‘tkazar, so‘ng tabiblik ilmini
o‘rgatar edi.
Ibn Sino: „Bolalarim, tog‘-u toshlar kezinglar, cho‘l-u dashtlarga borib, har biringiz ming donadan o‘t-giyoh terib kelinglar“, — deb ularga xalta berdi. Oradan bir necha kun o‘tdi. Bolalarning
birinchisi kelib, yig‘gan giyohlarini Ibn Sinoning oldiga to‘kdi. Hammasi shifobaxsh giyohlar edi. Buni ko‘rgan Ibn Sino quvonib so‘radi:
— Barakallo, o‘g‘lim, dorivor giyohlarni teribsan. Qani, aytchi, oyoq qavarishiga nima davo bo‘ladi?
— Mening tabiblikdan xabarim yo‘q, — dedi bola, — sizga o‘zim endi shogird tushdim-ku.
Ibn Sino: „Senga javob, o‘g‘lim, ketaver! Borib savdogarga shogird tush“, — dedi.
Oradan bir kun o‘tgach, kambag‘al kishining o‘g‘li kelib, to‘plagan o‘tlarini hakimning oyog‘i ostiga to‘kdi. Ibn Sino juda xursand bo‘lib:
— Barakallo, bo‘tam, qani ayt-chi, oyoq qavarganiga nima davo bo‘ladi? — deb so‘radi.
— Yovvoyi rayhon yoki yalpizni suvda ivitib, ozgina tosh tuzdan qo‘shib yuvish kerak, — javob berdi bola.
— Cho‘l-dashtda qolding-u, suv topolmading deylik, chanqoqni nima bilan qondirish mumkin? — bolani yana savolga tutdi Ibn Sino.
— Yantoqning suvi chanqoqni qoldiradi, ham darmon bo‘ladi, — dadil javob berdi bola.
— Rahmat, o‘g‘lim, sen endi menga shogirdgina emas,
farzand ham bo‘lding!
Allomalar ibratikitobidan
Download 21.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling