8-sinf O’ZBEKISTON TARIXI kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus QO’LLANMA
VAXOBJONOV XUSANBOY
NAMANGAN
TO’RAQO’RG’ON
8-o’zbek 1-mavzu majburiylarga
**** XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida Dashti Qipchoq deb ataluvchi geogralik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va
g‘arbiy qismlarga ajratib turgan.
****Rus manbalarida „ Poloveslar yeri" nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular „kumanlar", sharq manbalarida esa „ qipchoqlar" nomlari bilan qayd etilgan. ****1240-yilda Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O'rda xonligiga asos soldi 1425-yilda Davlatshayx vafot etgach taxt urush kurash avj oldi.
**** Abulxayrxon 1428-yilda ,,0‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soldi. Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri bu davlatning poytaxti deb e’lon qilindi. 1431-yilda esa o‘z davlatini Oltin 0‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi.
**** Abulxayrxon 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, 0‘zgan va Suzoq shaharlarini bosib oldi. Davlat poytaxtini esa Sig‘noqqa ko‘chirdi.
****1451-yilda temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam bergani evaziga
Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga nikohlab berdi.
****1468-yilda Abulxayrxon vafot etgach, u tuzgan davlat parchalanib ketdi.
**** Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan. U Abulxayrxonning o‘g‘li Shohbudog Sultonning o‘g‘li edi
**** Uyg‘ur qavmidan bo'lgan, amir Boyshayxni Shayboniyxon va ukasi Mahmudga otaliq etib tayinladi.
**** Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar ****1480-yil Muhammad Shayboniyxon bobosi bunyod etgan 0‘zbek ulusi davlatini qayta tikladi. ****Shayboniyxon to‘lov evaziga Movarounnahr va Xuroson temuriyzodalariga hamda Mo‘g‘uliston hukmdorlariga ichki raqiblariga qarshi kurashda harbiy yordam ko‘rsata boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |