8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma
Download 201.51 Kb.
|
8- o\'zb qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI asr
- Shayxulislom
- Mehtar
- Naqib unvon xolos mansab emas
- XVI asming 40-yillaridan
ukasi Abulfayzxon o'tqazildi.
****Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon kundan kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lidagi birqo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘libqoldi. ****Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. ****Boshqa qabilalar aslzodalari norozi bo‘ldi. Natijada, Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi. ****1723-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o‘tqazdi. Ibrohimbiy o‘ziga „amir ulumaro“ (,,ulug‘ amir“) unvonini oldi. ****Abulfayzxon qo’zg’alonchilarga qarshi Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi qo’shin yubordi ammo Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragan ****Ibrohimbiy va Rajab Sulton ko‘chmanchi qozoqlardan yordam so‘radilar. Ularga katta o‘ljalar va’da qildilar. **** Abulfayzxon barcha hodisalarga aybdor deb Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qildi. Hakimbiy Qarshiga hokim etib tayinlandi. 8-o’zbek 9-mavzu majburiylarga ****XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan. ****XVI asr boshlarida xonlik aholisi ko‘chib kelgan o'zbeklardan tashqari „turk chig‘atoy“ va tojiklardan iborat bo‘lgan. Manbalarda XVII asr oxirlarida esa o‘zbek va tojiklardan iboratligi qayd etilgan. ****Xonlikda oliy davlat idorasi temuriylar davridagidek dargoh, ijro etuvchi hokimiyat esa avvalgidek devon (vazirlik) deb atalishda davom etdi. Unga devonbegi (Bosh vazir) rahbarlik qildi. ****Devonbegi, ayni paytda, davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqarardi. **** Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga ustoz, rahnamo etib o‘z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. **** Parvonachi - vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan. ****Dodxoh mansabida ishlagan amaldor esa dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. ****Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan. Bugungi kun voqeligi bilan aytganda, ko'kaldosh davlat xavfsizlik xizmati idorasi rahbari bo‘lgan. U nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining va hatto valiahdlarning ham hukmdorga nisbatan qiladigan munosabatiga javobgar bo‘lgan. ****Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan. **** Eshikog'aboshi - dargoh xavfsizligi va unda o‘rnatilgan tartibga rioya qilinishi uchun javobgar edi. **** Shayxulislom - shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan. ****Qozikalon (Bosh qozi) esa barcha bosqichlardagi sudlov ishlariga boshchilik qilgan. ****Muhtasib (rais) - mamlakatda jamoat tartibining saqlanishi, diniy marosim va amallarga rioya etilishi, bozorlarda narx-navo va tarozilarning to‘g‘riligi uchun mas’ul bo'lgan. ****Mehtar - zakot va boshqa tushumlaming zarur o‘rinlarda ishlatilishini nazorat qilardi. **** Naqib unvoniga sazovor bo‘lgan shaxs xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan. (!!! Naqib unvon xolos mansab emas!!!) ****Shayboniylarda oliy hukmdorlik, ya’ni xonlik otadan bolaga emas, balki sulolaning yoshi eng katta vakiliga o‘tgan. Xususan, Muhammad Shayboniyxondan keyin taxtga amakisi Ko‘chkunchixon o’tirgan **** Ikkinchi yoshi katta - shayboniy Ko‘chkunchixonning ukasi Suyunchxo‘ja valiahd etib tayinlandi. Biroq u Ko‘chkunchixondan avval vafot etganligi uchun xonlik taxtini egallash unga nasib etmadi. Ko’chkinchixon vafotidan so’ng XVI asming 40-yillaridan boshlab o‘zaro nizolar oqibatida bu an’ana buzildi taxtga Download 201.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling