8-sinf O’zbekiston tarixi kitobidan majburiy tarix yo'nalishlari uchun maxsus qo’llanma


Download 201.51 Kb.
bet6/51
Sana27.01.2023
Hajmi201.51 Kb.
#1134581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
8- o\'zb qollanma

Pirmuhammad II o‘tqazildi.
**** Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egalladi.
****Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi.
****Pirmuhammad II Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. 1601-yilda u bilan kelib chiqishi ashtarxoniylardan bo‘lgan, Samarqand hokimi Boqi Muhammad o‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz berdi. Mag‘lub bo'lgan Pirmuhammadxon II o‘ldirildi.
****Shu tariqa, Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o'tgach, bir asr hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasi barham topdi.

8-o’zbek 7-mavzu majburiylarga
****XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi edi. Hozirgi
Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo'lgan.
****Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib oldi. Ashtarxon xonligi tugatilgach, Yormuhammadxon va uning xonadoni Buxoro xonligidan boshpana topdi. U Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
****Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug‘i bilan Buxoroga kelgach. Iskandarxon ularni izzat-ikrom bilan kutib oldi va qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o‘g‘li Jonibek Sultonga turmushga berdi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o‘g‘il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko‘rdi.
****Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, Jonibek Sulton xonlik taxtiga eng munosib nomzod bo‘lib qoldi. Xonlikning nufuzli kishilari unga taxtni taklif etdilar. Lekin u o‘g‘li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechdi. Biroq bu orada Xurosonda Eron hukmdori Shoh Abbos qo‘shini bilan yuz bergan jangda Din Muhammad halok bo‘ldi.
****1601-yilda Jonibek Sultonning ikkinchi o‘g‘li, Samarqand hokimi Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o‘tqazildi. Shu tariqa Buxoro xonligi tarixida yangi sulola - ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi.
****Boqi Muhammad (1601-1605) 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi va ukasi

Download 201.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling